PAYG'AMBARLAR QISSASIBOLALAR UCHUNMuallif:Abul Hasan NadaviyMUNDARIJANuhning kemasiIbrohim alayhissolatu vassalomning qissasiEng go'zal qissa: Yusuf alayhissalom qissasiMuso alayhissalom qissasiFir'avn xonadonidagi mo'min kishi.Dovud va Sulaymon alayhimassalomlar qissasiAyyub va Yunus alayhimassalomlarning qissalariShuayb alayhissalomning qissasiIyso ibn Maryam alayhissolatu vassalomning qissasiMUQADDIMAMusulmon o'g'il-qizlarim!
Men barcha tengqurlaringiz kabi sizning ham qissa-yu hikoyalarga, ularni eshitish va o'qishga juda-juda qiziqishingizni ko'rib turibman. Lekin, achinarli tomoni shundaki, qo'lingizda faqat mushuk, it, bo'ri, sher va ayiq kabi hayvonlar haqidagi ertaklar...
Ha, bu biz - kattalarning kamchiligimiz. Xudo xohlasa, ushbu kitobchamiz chop etilgan holatda sizlarga yetib boradi...
Aziz o'g'il-qizlarim! Men sizlarning turli bemaza ertaklar va hayvonlar haqidagi hikoyalardan boshqa o'z yoshingizga munosib qissalar topa olmayotganingizdan xijolatdaman. Shu bois, sizga, barcha musulmon farzandlariga atab Payg'ambarlar tarixini yengil uslub bilan bolalar tilida bayon etishga kirishdim. Qo'lingizdagi ushbu kitobcha payg'ambarlar qissasidan siz aziz bolalarim uchun yozilgan birinchi kitobidir. Uni senga hadya qilaman.
Kitobni imkon qadar bolalar tili va tabiatiga yaqin qilib yozdim. Sodda, yengil, tushunarli bo'lishiga, jumlalarning takror-takror kelishiga alohida e'tibor berdim.
Xudo xohlasa, o'tgan payg'ambarlar qissasini yengil uslub, chiroyli bayon va qiziqarli tilda senga tuhfa qilaman. Ularda mutlaqo yolg'on aralashmaydi.
Ey birodarimning o'g'ilchasi – Abdulloh! Alloh sen bilan ota-onang, amaking hamda Islom ko'zini quvonchlarga to'ldirsin. Seni sababchi qilib ushbu xonadonga, butun musulmonlarga otalaring barakotlarini qaytarsin!
Abul Hasan Ali Hasan an-Nadaviy.NUHNING KEMASI1 - Odamdan so`ngAlloh ta`olo Odamning zurriyotiga baraka berdi. Ularning ichida ko`plab e`rkaklar va ko`plab ayollar bor e`di.
Odamning zurriyotlari Yer yuziga tarqalib, ko`paydilar.
Odam qaytib kelsa e`di, zirriyotlarini taniy olmas e`di.
Agar unga: “E`y, Odam, bular sizning zurriyotingiz”- deyilsa, U hayron bo`lar va: “Subhonalloh, bularning hammasi mening farzandlarim va zurriyotimmi?!”- degan bo`lar edi.
Odam zurriyotining ko`p qishloqlari bor edi. Ular ko`p uylar qurgan e`dilar.
Ular yer haydab, ekin ekib kun kechirishar e`dilar.
Odamlar otalari Odamning dinida bo`lib, Alloh ta`ologa ibodat qilishar va Unga biron narsani sherik qilmas edilar!
Odamlar bir Ummat edilar: otalari Odam va robbilari Alloh edi.