Shu gaplarni aytgach, o‘g‘illari tomon o‘girildi: «Bering o‘qlaringizni», dedi.
Birinketin ismlari yozilgan o‘qlarni keltirib topshirar edilar. O’qlar xaltaga solindi. Abdulmuttalib but xizmatchisining yuziga karadi:
— Kani, bitta o‘qni olginchi, — dedi.
Xizmatkor qo‘lini xaltaga tiqdi. Endilikda yurak
lar bo‘g‘izga tiqilgan, xayajonlar so‘nggi nuqtasiga yetgan edi. Yuzlar bo‘g‘rikdi, lablar qaqrab ketdi. Xaltaning ichidan chiqadigan o‘q kesilajak boshni tayin etar, qolganlariga hayot bag‘ishlar edi.
Nihoyat, o‘q chiqdi, xizmatkor pichirlab ismni o‘qidi: «Abdulloh». Bo‘g‘izlariga tiqilgan nafaslar sal yengillashganday bo‘ldi. Hayoti qil ustida turganlarning so‘nik ko‘zlari yarq etib ochildi. Kim nima desa desin, bu bir jon bozori, jon savdosi edi, hech kimning «Abdullohning o‘rniga men qurbon bo‘lay», deyishi kutilmas edi.
Ammo Abdulloh bunday ahvolda emas. Bir oz avvalgi hayajon o‘rnini dahshatli qo‘rquv va itoatgo‘ylik tuyg‘usi egalladi.
Abdulmuttalibning bolalari orasida eng suyukli, eng ko‘rkami edi u. Boshqa akaukalarida bo‘lmagan aslzodalik, ustuvorlik unda borlitini hamma bilardi. Shu bois, Abdulmuttalib uni boshqa bolalaridan ham ortiq ko‘rardi. Orasira:
— Abdulmuttalib, sening bu o‘g‘lingda alohida bir ko‘rkamlik, alohida bir aslzodalik bor. U hamma farzandlaringdan ham yoqimliroq, istarasi issiq... __ deganlar bo‘lgan edi.
Shunday bo‘lsa ham, Abdulmuttalib o‘zi boshlagan ishning bunaqa natijasiga e’tiroz bildira olmasdi. «Qaytadan qur’a tashlaymiz» yoxud: «Kel, ey Abu Lahab, Abdullohning o‘rniga seni qurbon qilaylik», deya olmasdi.
Abdullohning qo‘lidan tutdi. Qurbonlik so‘yiladigan joy bo‘lmish Safo tepaligi tomon yo‘l oldilar.
Bu aql bovar qilmas ish haqida eshitgan yuzlarcha qurayshiylar Safo tepaligi tomon yugurib kela boshladilar. Ayolu erkak, bolalaru qariyalar yig‘lagan, qizikish, hayajon, qo‘rquv va afsus bilan Abdulloh hamda uning otasiga tikilib turar edilar. Safo tsialigiga borishgach, Abdulmuttalib Abdullohni ikki qo‘li bilan dast ko‘tarib yerga stqizdi. Bir paytlar mehr bilan, muhabbat bilan silagan sochlari qumga belandi. So‘nggi nafasini olish oldidan mahzun bir chshra, mahzun bir nigoh ila yonatrofga qaradi. Bu nigohlar umidsiz edi.
— Bering xanjarimni...
— Yo‘q, bermaydilar, ey Abdulmuttalib! Sen bunday qilolmaysan!
Abdulmuttalib boshini ko‘tardi. Qarshisida «Dorunnadva» («Maslahat uyi») a’zolaridan bir necha kishi turardi. Oralaridan Mug‘iyra ibn Abdulloh ismlisi so‘zlarini takrorladi: — Qilolmaysan bu ishni sen, ey Abdulmuttalib!
— Nega endi qilolmas ekanman?
— Chunki Abdulmuttalib bo‘la turib sen bu ishni qilsang, boshqalar nima qiladi? Ertaga boshqalar ham o‘g‘lini qurboi qilgisi kelib qoladi. Yomon ot chiqarasan, la’natlarga giriftor bo‘lasan. Qolaversa, farzandi qurbon qilingan onalar doim oldin seni qarg‘aydi
lar. Biz bu vahshiyona ishni uzilkesil to‘xtatishga, unga to‘sqinlik qilishga ahd etdik.
Ammo bu mening qasamimdir, bajo keltirmasam bo‘lmaydi, axir...
— Qasam bo‘lsa — bo‘lar, har narsaning iloji bor. Ahvolingni yengillatish uchun biron chora topamiz.
— Qanday chora?
— Bizning bu borada tajribamiz yo‘q. Ammo hijozliklar bunday muammolarni hal etishga usta. Shuning uchun sen darhol Hijoz kohinining huzuriga bor. Ahvolni tushuntir. Agar qurbon qilishing kerak desa, qurbon kilarsan, bo‘lmasa, bergan maslahatiga qarab ish tutasan.