Savol: Bayramning jamiyat hayotidagi o‘rni qanday?
Javob: Bayramning jamiyat hayotida afzal jihatlari bor. Zero, bayramlar musulmonlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan, birodarlik tuyg‘ularini oshiradigan, xafachiliklarni yo‘qotadigan muhim kunlardir. Jamoat holatida o‘qiladigan bayram namozlari birlik va barobarlikning eng go‘zal namunasidir. Bayram kunlarida ota-onamizni ziyorat qilib, qo‘llarini o‘pib, xayrli duolarini olishimiz kerak. Qarindosh, do‘st va qo‘shnilarimiz bilan bayramlashish va tabriklashish orqali aloqalarimizni kuchaytirishimiz lozim. Uchraganga salom berib, bayram bilan tabriklashimiz, kasallarni ziyorat qilib, shifo tilashimiz kerak. Atrofimizdagi faqirlarga, yetim-esirlarga yordam qo‘limizni cho‘zib, ularga bayram sevinchini sezdirishimiz kerak. O’liklarimiz uchun duo qilib, Qur’on o‘qishimiz kerak. Bolalarga sovg‘alar berib, ularni xursand qilishimiz kerak. Bularning barchasi jamiyatda o‘zaro sevgi va hurmat, yordamlashish va birdamlikni hosil qiluvchi go‘zal harakatlardir.