Xanafiy mazhabida bomdodning sunnati 2-3 kungacha farzga qo'shib qazosi o'qiladi.
2-3 kungacha deb adashmayapsizmi?! Iltimos, manbasini keltirib yuboring.
Boshqa vaqtlarda faqat farzi qazosi o'qiladi.
Agar qazo namozlar soni 6tadan oshib ketsa faqat farzi o'qiladi. Chunki, agar sunnatini ham qazo qilinsa bu insonga mashaqqatlik tug'dirishi mumkin. Ibodatda ham yengillik olingan. Mazhabimizda 6tadan oshgan qazolarni faqat farzi (huftonning vitri ham) o'qiladi.
Qazolarni o'qish vaqti esa namoz o'qish mumkin bo'lmagan vaqtlardan boshqa vaqtda imkonga ko'ra ado etiladi. (Bomdod va asrdan keyin nafl namoz o'qish mumkin bo'lmasa ham, ayni quyosh chiqadigan va botadigan vaqtdan oldin qazo namoz o'qish mumkin)
Namoz uchun makruh bo'lgan vaqtlar (quyosh chiqayotganda, tik kelganda, botayotganda)da ham qazo namoz o'qisa bo'ladi.