Chehmik forumda qanaqa bo'sa realdayam shunaqa bo'sala kerey dib tasavvur qilaman =) [/b]
Demak hayotda ham tutruqsiz, be'mani deb tasavvur qilarkansizda...
Men ham
Chustiyni yoshlari ancha katta deb tasavvur qilgandim, ammo ko'rgandan keyin unaqa emas ekanlar.
Kapalak opani qo'llarida kapkir bilan tasavvur qilaman negadir. Ha, yana qanotlari ham bor deb o'ylayman. :-)
Mahdiyahni postlaridan ko'm-ko'k bo'lsa kerak deb tasavvur qilaman.
ZUBAIRni ancha vaqt qiz bola deb tasavvur qilgandim. Ammo adashganimni kech bo'lsa ham bilib oldim.
TITAN-UZni bo'ylari o'rtacha, barmoqlari kalta deb tasavvur qilaman. Chunki yozayotganlarida juda ko'p harflar tushib qoladi. Demak, klaviaturadagi ba'zi harflarni bosish uchun barmoqlari yetmay qoladi tez yozganida.
loloni, negadir og'zi katta deb tasavvur qilaman. Chunki aksar hollarda og'zi kattalar shunaqa bo'lishadi.
ChehMikni qop-qora (ichlari bilan bir xil deb tasavvur qilaman). Qitmirligidan qoshlari tepaga qaragan bo'lsa kerak.
registanni burunlari katta deb tasavvur qilaman. Chunki ular agentda yozishgan vaqtda doim mana bunaqa smaylik ishlatadilar >> :0) Kattaligini qarang buni...