10-turMavzu:
G’usl, tayammum va poklik hukmlari (Hanafiy mazhabida) 1. Qur’oni karimning qaysi oyatida tahorat, g’usl va tayammum haqida hukmlar kelgan?
a) Moida surasi, 6-oyat .
b) Niso surasi, 43-oyat.
c) Voqea surasi, 79-oyat
2. Quyidagilardan qaysi biri g’sulning farziga kirmaydi?
a) Niyat qilish
b) Og‘izga suv olib chayqamoqlik
c) Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik
d) Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik
3. G’uslning 3-farzi butun badanni qoldirmay yuvishdir. Ayollar o’rilgan sochlarini g’uslda to’la yuvishlari shartmi?
a) uni to‘la, soch taglari va o‘rimlarini ham birga ho’llab qo’yish kifoya qiladi.
b) sochlarini bir marta suvga pishib, tarab, ichlariga suv kiritish kerak bo’ladi.
c) uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas.
4. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’lmaydi?
a) uyquda ehtilom kelishi
b) kofirning junub bo’lmagan holatda musulmon bo’lishi
c) kishining vafot etishi
5. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’ladi?
a) kishining shahid holida vafot etishi
b) maziyning chiqishi
c) ayollarning farzand ko’rishi
6. Istinshoq nima?
a) G’uslning farzlaridan bo’lib, burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlikdir
b) G’uslning farzlaridan bo’lib, og‘izga suv olib chayqamoqlikdir.
c) G’uslning ruknlaridan biri bo’lib, g’usldan avval tahorat qilmoqdir.
7. Quyidagilardan qaysi biri g’uslning sunnatlariga kiradi?
a) Niyatni til bilan qilmoq.
b) Ayollarning o’rilgan sochlarini yechib yuvishlari
c) Ishqalashlik.
8. Quyidagi qaysi holatlarda g’usl qilishlik sunnat hisoblanadi?
a) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usl
b) Arafa kechasida, qadr kechasida g‘usl qilish
c) Ka’bai Muazzamani ziyorat qiladigan kishining g'usl qilishi
9. Quyidagi holatlarda g’usl qilish qanday amal hisoblanadi?
1. Juma va ikki iyd namozlari uchun qilingan g'usl
2. Musulmon mayyitning g‘usl qildirilishi.
3. Mast kishining mastligi ketsa, g‘usl qilishi
a) 1-sunnat, 2-farz, 3-mustahab
b) 1-sunnat, 2-farz, 3-mandub
c) 1-mustahab, 2-farz, 3-sunnat
10. Rasululloh (s.a.v.) ta’kidlariga ko’ra, Allohning har bir mo‘mindagi haqqi sifatida necha kunda g’usl qilish tavsiya etiladi?
a) 3 kunda
b) 5 kunda
c) 7 kunda
11. Junub holida quyidagilardan qaysi biri makruh hisoblanadi?
a) Tirnoq olish, tuklarni qirish
b) Ovqatlanish, saxarlik qilish
c) Qur’on o’qish, ta’lim berish
12. Rasululloh SAV tavsiyalariga ko’ra, g’usl uchun ishlatilishi kerak bo’lgan suv miqdori qancha?
a) 1 so’ (taxminan 4,5 litr)
b) 3 mud (taxminan 3 litr)
c) 2 so’ (taxminan 10 litr)
13. Ayollarning soch, tirnoq va lab bo’yoqlari g’uslga monelik qiladimi?
a) soch bo’yoqlari g’uslga monelik qilmaydi, tirnoq va lab bo’yoqlarini g’usldan avval tozalash kerak.
b) xinadan boshqa soch bo’yoqlari sochda qatlam hosil qilganligi uchun g’uslga monelik qiladi, ayollar tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi.
c) agar soch, tirnoq va lab bo’yoqlaridan foydalanishdan avval ayol g’usl qilgan bo’lsa, joiz.
14. Musofir odam oyoq kiyimiga mahs tortib qancha yurishi mumkin?
a) 1 kecha-kunduz
b) 2 kecha-kunduz
c) 3 kecha-kunduz
15. Mash tortishning farzi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silash.
b) Oyoq kiyimning kamida to’rtdan biriga nam tegmoqligi.
c) Mash tortish sunnat amal, uning farzlari yo’q.
16. Muqim odam peshinda tahorat qildi va mahsi kiydi. Tahorati asrda sindi va qayta tahorat qilib, mahsisiga mahs tortdi. Endi u qachongacha mahs tortishi mumkin?
a) ertasi kungi bomdodgacha
b) ertasi kungi peshingacha
c) ertasi kungi asrgacha.
17. Quyidagi qaysi holatlarda tayammum lozim bo’lmaydi?
a) Yarim soatlik yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi; suv bor yerda dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa
b) Suv o‘ta sovuq bo‘lib, isitadigan sharoit bo‘lmasa va shu suv insonga aziyat yetkazib qo‘yadigan darajada bo‘lsa; agar suvda tahorat qilsa-yu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni chanqab, halokatga uchrashi xavfi bo‘lsa.
c) Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha juma qazo bo‘lsa.
18. Quyidagilardan qaysi biri tayammumning sunnatlariga kirmaydi?
a) Niyat qilmoq
b) "œBismillah"ni aytmoq
c) Mashni o‘ng qo‘ldan boshlamoq
19. Quyidagilardan qaysi biriga tayammum qilish mumkin emas?
a) pokiza tuproq, qum
b) pokiza ohak, bo’r, tosh
c) pokiza yog’och, yaproq
d) b va c javoblar to’g’ri
20. Suv ham, tayammum uchun pok narsa ham topolmagan kishi namozini qanday ado etadi?
a) to pok bo’lmaguncha namozlarini o’qimaydi.
b) namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi.
c) namozni o’tkazib yubormaslik uchun niyat qilib, imo-ishora bilan o’qiyveradi. Poklangandan keyin esa boshqatdan o’qib oladi.
Ushbu turda
Dilmurod Majidov (1 ta) va
farhod Isroilov (1 ta) savollaridan foydalanildi.
Javoblarni
Munira xonimga PM orqali yoki
[email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin. Iltimos qilamiz, Munira opaning shaxsiy emaillariga javoblarni yo’llamang.
Ushbu tur savollari bilan, viktorinamizning birinchi bosqichi yakunlanadi. Inshaalloh, yaqin kunlarda natijalarni hisoblab, g’oliblarni taqdirlaymiz. G’oliblarga o’z sovg’alarini ulashmoqchi bo’lganlar, bizga PM yoki email orqali murojaat etishlari mumkin.