Assalomu alaykum!
Yaqinlashib kelayotgan ayyom barcha dindoshlarga muborak bo'lsin!
Xurmatli Munira xonim va forumning faol ayol-qizlari!
Orangizda hech kim 8-mart-Xalqaro xotin qizlar bayrami uchun sovg'a olmaganmi?Yoki zagsga oq libosda chiqib,turmush o'rtog'izngizning qo'liga tilla uzuk taqmaganmisiz?
Hech bo'masa, 1-iyun, Bolalar kunida farzandingizni parkka opchiqmagan bo'lsangiz?
Va oxirgisi, tug'ilgan kunlarga bormaganmisiz?
PS:Birortangiz shu savollarning barchasiga yo'q deb javob bersangiz, unda baxslashamiz:)
Hurmatli, Iqboljon aka, man savolizga yuqorida muslima opa-singillarim kabi javob bera olmiman!
8-martda sovg'a olganman, maktabda qizlarga bollar 8-martda, qizlar yigitlarga 14-yanvarda sovg'a qilishardi.
Tug'ilgan kunga ham borganman, o'zizm ham bir vaqtlar do'stlarim bilan nishonlaganman!
Lekin oq ko'ylak kiyib, tilla uzuk taqib, erkagu ayol aralash to'y bo'lishini hech qachon hohlamaganman!
Bu qilgan ishlarimdan biror inson zoti oldida uyalmiman. Faqat Alloh taolodan hidoyat so’rab, boshqa o’sha ishlarni qaytib qilmaslikni so’rayman. Chunki hammaga ham to’liq Islomiy muxitda katta bo’lish baxti nasib qilavermaydi"¦ Alloh taolo bandasiga istagan vaqtida Hidoyat beradi. Alhamdulillah deymanki, Allohni marhamati ila Haq yo’lni tanib, shu yo’lni tanlaganimdan beri va haqiqiy bayramlarni bilganimdan keyin bular man uchun Allohni in’om qilgan kuniga aylandi halos. Aslida Allohning in’om qilgan har bir kuni bayram.
Siz bergan savollarga balki chin muslimalardek javob bera olmasman, lekin buni ham Allohning marhamati dib bilaman! Chunki agar o’sha kunlarni ko’rmaganimda,
bugungi kunlarim man uchun bu qadar totli bo’lmasdi, Vallohu a’lam.
To’g’ri aytdiz, Iqboljon aka, haqiqatda ko’p narsa niyatga bog’liq. Lekin musulmon banda Alloh taoloning buyruqlarini va Rasululloh salallohu alayhi vassallamning ko’rsatmalarini qalbdan tasdiq qilib, amalda ham bajarishi lozim.
Akajohn, baxslashamiz dibsizmi?"¦
Gaplarimdan hafa bo’mesiz digan umiddaman!