Robiyatul Adaviya hazratlari kechasi bilan namoz o’qib,Qur’oni tilovat qilib chiqar edilar.Shu odatlariga ko’ra, bir kuni allamahalgacha namoz o’qidilar.So’ng joynamoz ustida uxlab qoldilar.Shu paytda uylariga o’g’ri tushdi.Ammo hamma joyni qarab, o’g’irlashga arsigulik narsa topmadi.Oxiri, ketar choqda, "œkirganimga yarasha quruq ketmay", deb Robiya hazratlarining ko’chada yopinadigan yopinchig’ini qo’liga oldi.Biroq uydan chiqaman deganda,eshikni topolmadi.Nima qilishini bilmay,yopinchiqni joyiga qo’ydi.Keyin eshikni osonlikcha topdi.So’ng ortiga qaytib,hijobni oldi.Ammo yana eshikni yo’qotdi.Shu hol yetti marta takrorlandi.Yettinchi marta hijobni qo’liga olganda: "œEy kishi! O’zingni qiynama.U yopinchiqqa yaqinlashishga shaytonga kuch yo’q,o’g’riga yo’l bo’lsin.U uxlayotgan bo’lsa ham, uning do’sti uyg’oq va uni qo’riqlamoqda!" degan ovoz eshitildi.O’g’ri juda qo’rqib ketdi.Hali o’ziga kelib ulgurmagan edi,ichkari xonadan uy sohibasining ovozi eshitildi: "œOvora bo’lib kelganingga yarasha bo’sh ketma, tashqaridagi obdastada suv bor, tahorat olib ket".
Bu so’zdan o’g’ri qattiq ta’sirlandi.Chiroyli tahorat oldi,tavba qilib,yaramas odatidan voz kechdi. "Musulmonlar taqvimi"