****
Tokim quyosh chiqar har tong saharda,
Koinotda horg’in Yer kezar tokim-
Bu keng samolarda,
Qaro yerlarda
O’zingsan Hokim,
Allohim!
Bemorga shifo ber,sog’larga umr,
Yolg’izga yo’ldosh-u yupunga tugma.
Yo’qlarga rizq bergil,borlarga shukr.
Meni ham unutma!
Uysizga uy qurgil,yo’lsizga yo’l ber,
Sahroga yomg’ir-u tog’larga shamol.
Maddoh fahm topsin,gunglarga til ber
_
Muattar so’zlarni aytsin bemalol,
Boylarga insof ber,g’aribga sabr,
Botirga tulpor-u tirikka xutba.
Kim o’lsa ber mayin tuproqli qabr,
Meni ham unutma!
Yozda nurlar sochgil,qishda qor yog’sin,
Ko’kda burgut,suvda baliqlar oqsin.
Kar quloqlar nogoh ochilsin,Alloh,
Ko’r ko’zlar yarq etib olamga boqsin.
Sendan bo’lak kim bermas beminnat,
Kimdan ham tilaylik,voh,sendan boshqa
_
Shafqatni hech kimdan darig’ tutma,
Adashgan barchani to’g’riga boshla,
Meni ham unutma!
Nafsni jilovla va hirsni sovut,
Ruhlarni charxlagin,ko’ngilni keng qil.
Beshikdan tushganning tulpori tobut,
Bizni ham azizlar qoshida teng qil.
Behisht arig’idan asal sut ichir,
Tiriklik gulini also so’litma.
G’ofilni kechirgin,hammani kechir"¦
Meni ham unutma!
Karim Bahriyev