Erni idora qilish hotinning qo’lida. Boshqacha aytganda, erni er qiladigan ham hotin, qora yer qiladigan ham hotindir. Bir kishi ko’p ayollarga uylanibdi, lekin birortasi bilan ham totuv yashab keta olmabdi. Ohiri, endi uylansam hotirjam barcha kamchiliklarimni aytaman deb ahd qilibdi. Uylanibdi, ahd qilgandek, ayblarini ayta boshlagan ekan, ayol so’zini kesibdi:
- unday demang afandim. Hech kimning hulqi siznikidan yahshi emas. O’zlari badfe’l bo’lganlari uchun sizdan yomonlik ko’rishgan, - debdi .
Shunday qilib, umrlarining ohirigacha bu er-hotin go’zal hayot kechiribdilar.
Oilada huzur-halovat bo’lishi uchun quyidagilar lozim bo’ladi:
- ikki taraf ham vazifalarini yahshi bilishlari;
- go’zal hulqli bo’lishga intilishlari;
- odoblarini saqlay olishlari;
- biror ayb qilib qo’yishsa, darrov bir-biriga ters bormasdan ko’ngil olishlari;
- er agar qo’pol bo’lsa ham, ayol uni yumshatishga harakat qilishi;
- er g’amgin vaqtida hotin hursand ko’rinmasligi, aksincha, nimadan hafa ekanini o’rganib, dardiga sherik bo’lishi;
- er hursand vaqtida hafa ko’rinmaslik kerak va hokazo.