Hurmatli MSJON!
Bu virus hozir ko'pchilkning boshini og'ritmoqda. Shaxsan o'zim ham unga biroz muddat avval duch keldim. Quyida uning davosi retseptini keltiraman:1. Virus ta'rifi: Virus tushgandan so'ng papkalaringiz
.exe faylga aylanadi, papkalarning o'zi umuman yo'qoladi. Ammo fleshka svoystvasiga kirsangiz, xotirasidan shu papkalar egallagan joy bo'shamaganini ko'rasiz. Demak, hammasi joyida, asosiysi shoshilmang!
2. Davolash algoritmi:- buruqlar satrini ochasiz: Pusk - Vypolnit - cmd.exe
- u yerda fleshkangiz diskini joriy katalog sifatida o'rnatasiz. Deylik, fleshkangizni kompyuter "G" disk sifatida tanigan, demak, siz buyruqlar satrida "g:" (qo'shtirnoqlarsiz) terasiz
- endi "dir /x" (qo'shtirnoqlarsiz) burug'ini bajarasiz, bu buyruq fleshka ona katalogidagi hamma papka va fayllarni ko'rsatadi.
- papkalar qarshisida DIR yozuvi bo'lishi kerak, siz
E2E2~1 nomli papkani qidiring.
- E2E2~1 papkasini topgan bo'lsangiz, demak biz to'g'ri yo'ldamiz.
- endi buyruqlar satrida "ren E2E2~1 new" buyrug'ini teramiz.
- bo'ldi, endi fleshkangizni ochsangiz,
new papkasi paydo bo'lgan bo'ladi. shu papka ichida esa siz yo'qotgan barcha papkalar!
Agar yordam bergan bo'lsa, faqat xursand bo'lsihingiz qoldi