Ayol dardini ayol tushunadi deyishadi. Erkaklarnichi? Yoki erkaklarda dard bo'lmaydimi? Jigarlarnichi? Haa, bekorga ayolning joni qirqta emas. Erkak ichidagini tashqariga chiqarishni o'ziga ep ko'rmaydi. Aynan shu hislati boshini yeydi - o'zini o'zi qaritib, tamom bo'ladi. Erkak deganimda ba'zi "erkaknusxa" lar bundan mustasno. Shunday odamlarni ko'rdimki, erkak degan nom ularga hayf... Nega inson o'z nomiga isyon qiladi?
Bizchi, biz nega jimmiz? Nimadan qo'rqamiz? Ba'zam hatto o'zimizni ham boshqara olmay qolamiz... Haqni bilib turib, kalomini tinglab turib yana shirk keltiramiz...
Yana o'zimizni donolarcha tutib, birovlarning ko'ngliga ozor beramiz...
Yana kimlarnidir ko'rib, havas qilamiz: iymonli, e'tiqodli, xushkalom, xushfe'l...
Bizning nimamiz kam? Nega unday bo'lolmaymiz? Chunki allaqachon shayton bo'ynimizdan arqon o'tkazib olgan. Boshlagan yo'lidan qaytishga jur'atimiz yetmaydi. IRODAMIZ YO'Q!...
Gapirsa gap tugamaydi...