Ilm va ziyo > Ma'rifat

Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?

<< < (2/11) > >>

registan:

--- Iqtibos: Kapalak  15 Sentyabr 2011, 16:42:25 ---Bizdachi? Balki xozirgi kunda o'zgargandir (inshalloh) jiddiy bir anketa, blankada albatta Ruscha yozilgan bo'lardi...:(

--- End quote ---

O'zgargani yo'q, o'zgargan bo'lsa ham juda kam. Hatto ba'zi chiqqan qarorlarni o'zbekcha matnini qidirib topolmaysiz.

Ansora:
Youtube'dan qo'shnim bilan palov haqidagi videoni ko'rayotgandik, O'zbek palovini o'rgatayotgandim. Video mashhur O'zbek ustalar tarafidan tayyorlangan, lekin Rus tilida edi. Qo'shnim so'rayabdi, nimaga Rus tilida? Sizda hamma Ruscha gaplashadimi, sen ham shuning uchun Ruscha bilasanmi, deb. Yer yorilmadi, yerga kirib ketmadim, yomon ta'sir qildi :3

Boshqalarni bilmadim-u, menga bir O'zbek palovini ta'rifini Rus tilida tinglash, (Ozbeklar tarafidan) xuddi Rus ovqatini yeyayotganday tushuncha uyg'otdi, O'tgan kunlarni Rus tilida o'qiganimda hech ta'sirlanmaganimday:(

Qo'shnim aytyabdi, agar O'zbekcha tayyorlashganda videoni, ishon, agar senday gapirishsa, yarimidan ko'pini tushunardim....hech narsa deya olmadim :3

Ansora:
Masalan forumda ham bu mavzuni ochgandim ataylab:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5783.0

Umuman olib qaraganda: Zamira, siz ovora bo'lmang, baribir hammasi Rus tilida, degan gapni eshitganday bo'ldim. Bu mavzular shunday boshlanadi o'zi. Men o'rtaga tashlayman, narigi bir ikki yangilik kiritadi, uchinchisi esa iste'mol qiladi bu so'zni. Qayerda ekan oson rizq?

Donishmand:

--- Iqtibos: Kapalak  15 Sentyabr 2011, 16:28:05 ---"Shaxsan men uni bir Qirg'iz, deb qabul qilmayman, chunki u asarlarini Qirg'iz tilida emas, Rus tilida yozdi".

--- End quote ---
Agar yozuvchi haqiqatdan ham iste'dodli bo'lsa, asarlari jahon adabiyoti durdonalari safidan joy ola bilsa, bu asar boshqa ko'plab tillarga tarjima qilinishi turgan gap. Ommalashsin uchun boshqa, ko'pchilik foydalanadigan tilda yozish shart emas. O'sha adibning asarlarini ko'p o'qiganmiz, haqiqatdan ham zo'r asarlar. Menimcha, u qirg'iz tilida bunday ijod qilolmas edi deb o'ylayman. Afsuski, asar qanchalik zo'r bo'lmasin, millatdoshi haqli ravishda baho berib qo'yibdi.

AbdulAziz:
Afsus, mavzuning nomi ham tahrirga muhtoj bo'libdi. "Ona tilimiz - O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?" deyilsa to'g'riroq bo'ladi.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version