Odamlar, biroz hovuridan tushdi shekilli, endi sekin biz ham o'z fikrimizni bildirsak ham bo'ladi chog'i...
2006- yili forumdoshlar bilan ko'kaldosh madrasasida iftorlik uyushtiriladi, o'sha paytdayam forumdosh qizlar garchi kelib choy tashishmasada, o'z hizmatlari ila (pishiriq pishirib o'zlari op kelib) hissa qo'shishadi.. Buni qarangki hozirda "nomahram" deb e'tiroz bildirganlar o'sha paytlardayam forumga a'zo edilar ammo hech narsa deyishmaydi..
O'tgan yili, Hadicai Kubroda bo'ladi, ayollar madrasasiga 3-4 marta boriladi va har borganda eng kamida 2-3 erkak kishi borishadi, shu formdan ham 3-4 kishi boradi vaholanki u yerdagilar ham bir biriga nomahram edi, lekin maqsad nomahramlani tomosha qilish emas edi.. Yuqoridagidek hech kim "g'in" demaydi..
Yana o'tgan yili Ramazon oyida, Buhorolik forumdoshlar birgalikda, Alloh ulardan rozi bo'lsin, birgalashib, tadbir uyushtirishadi, tadbirda sal kam 10 kishi qatnashadi, qatnashchilarning bari bir biriga nomahram bo'lgan forumdoshlar edi... O'sha, paytdayam hozirda e'tiroz bildirganlar shu yerda edilar, ammo... Ammo hech kim "miq" etmaydi, aksincha rahmat deb haqlariga duolar qilishadi... Bunday hol keyinroq, Qurbon Hayti munosabati bilan ham, Aziza bintni Bahrom sinimizni dadalari so'ygan jonliqlari sababli yana takrorlanadi.. Odamlar yana jim...
Shu paytda pararell vaqtda Toshkentdayam, 1- va 2- muruvvat uyida, forumdoshlar boshchiliga, 3- dekabr halqaro nogiron bolalar kuni munosabati ila tadbir tashlilashtirlgan edi, shundayam kaminda 6-8 bola, 3-4 qizlar qatnashishgan, (Alloh ulardan rozi bo'slin) qatnashishdan maqsad bir biri bilan ko'z urishtirish emas edi... Lekin bu forum bilan birga, arbuzniyam muntazam ravishda kuzatadiganlar, na bu yerda va na u yerda indashmagan aksincha, duo va rahmatlar aytishgan...
Biroz vaqt, otgach, yilning so'ng uchrashuvi uyushtiriladi, uchrashuva agar hotira pand bermayotgan bo'lsa 10dan oshiq bolla va 5-6ta forumdosh opa singillayam ishtirok etishadi, bollani ichida, bu forumda faol bo'lgan userlar bilan birga, bu forumda, anchagina hurmat, ilm, aql va taqvo egasi sanalgan va voqelikni chuqurron o'rganmay turib, dil hira qilguvchi, postlarni hammasini o'chirish o'rniga, ularni diydiyoga aylantirgan, forum va sayt admini ham bor edi...
Bunga o'xshash holat, keyinroq, JuraleUzb okani ijodiy kechasidyam kuzatildi... Lekin odamlar negadur yana jim, qaytanga, bunday kechalarni rasmi va videosini, va hatto WI FI orqali onlineda tele ko'prik o'rtanishniyam aytishdi...
Bu yil ham, bir necha forumdoshlar bilan va forumdosh bo'lmaganlar bilan 1- nogiron bolalar uyiga borildi, undayam bir biriga nomahramlar birgalashib borildi.. Lekin undayam odamlar jim edi.... Bu kabi holatlar eng kamida bir hafta oldin bo'lmasam bir hatto bir necha oy oldin ham e'lon berilgandi...
WAllohu a'lam forumdagilani, hoh u muslim hoh u muslima bo'lsin, nomahramlar orasida yuramay, faqat mahramlari bilan yurib yoki ishlaydigan yoki uyida o'tiradigan judayam ozchiligi barmoq bilan sanaydigan darajada bo'lsa kerak. Qolgan 80-90% esa nomahramlar bilan o'qib, ular bilan ishlidigan va ular bilan birga yurishga, muomla qiladiganlar (ish va o'qish sababli) bo'lsa kerak... Shahsan o'zim ish sababli kuniga bir necha o'ndan oshiq nomahramlar bilan gaplashishga tog'ri keladi...
Baraka topgurlar, o'zimizda yo'q narsani bor qilib ko'rsatib, u yoq bu yoqdan copy+paste qilib hayotga faqat vertual qaramasdan, real qarashniyam o'rganaylik...