— Jannat va do‘zax hozir yaratib qo‘yilgandir, ular abadiy yo‘q bo‘lmaydilar. Hurlar ham
abadiy o‘lmaydilar. Allohning iqobi va ajri yo‘q bo‘lmaydi, ular abadiydir. Alloh istagan bandasini fazl aylab, hidoyatga soladi. Istagan bandasini adl aylab, izlol etadi. Alloh taoloning izloli xizloniydir. Xizlonning tafsiri — O’zi rozi bo‘ladigan amallarga bandani moyil qilmasligidir. Bu Allohning adlidir. Shuningdek, moyil qilinmaganni gunoh uchun jazolash ham adolatdir. Biz, shayton mo‘min bandaning imonini zo‘rlab, qahr qilib tortib oladi, demaymiz. Balki biz, banda oldin imonini tark etadi, ana shu vaqtda shay-ton undan imonini tortib oladi, deymiz.