Jalojiddin Manguberdi jasorati.
O’z dovyurakligi, ustakorligi, makkorligi bilan mashhur bo’lgan Temuchen XII asrning oxirlariga kelib nafaqat mo’g’illarning ko’p sonli urug’-qabilalarini, shu bilan birga ular bilan yonma-yon, qo’shni yashab kelganko’plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloirlar, oyratlar, qaritlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg’izlar, uyg’urlar, Qorluqlar va boshqalarni ham birin ketin bo’ysindirib kuchli davlatga asos soldi.Bu davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan ajiralib turadi. Temuchin oliy hokimiyat muryvvatlarini o’zining o’g’illari va eng yaqin kishilariga topshiradi. Jumladan uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo’jixon, Chig’atoy, O’qtoy, To’layxonlar birinchi bo’lib tuman sohiblari bo’lganlar. Shunday qilib Chingizxon xoriliy ellarni zabt etishdan iborat o’z oldiga qo’ygan yovuz, agressiv maqsadlarini tez orada amalga oshirishga imkon yarata bordi. Shu tariqa, XIII asr boshlariga kelib Chingizxon etakchiligida kuchli davlat vyjydga keldi. Endilikda Chingizxon qo’shni davlatlar va xonliklarni bosib olish uchunistelochilik yurishlarini boshlaydi. 1215 yil boshlariga kelib Shimoliy Xitoy poytaxti Pekin ishg’ol etildi. 1217 yilda Xuanxe daryosining simolidagi barcha erlar mo’g’illar tasarrufiga o’tadi.1218 yilga kelib Ettisuv hududining qolgan qismi ham mo’g’ilarga tobe bo’ladi. Endilikda Chingizxonning asosiy bosh maqsadi uning jahonga hukumron bo’lishiga katta to’g’noq bo’lib turgan buyuk Xorazimshohlar qo’shinini tor-mor keltirib, uning erlarini o’z qo’l ostiga kiritish edi. Bu davrda Xorazimshohlar saltanatining ichki ijtimoiy-siyosiy hayoti g’oyatda murakkabm, ziddiyatli kechayotgan edi. U tashqaridan ulug’vor keng hududlarga yoyilgan, qudratli saltanat bo’lib ko’rinsada va uning hukumdori Muhammad Xorazimshoh o’zini "œIskandariy soniy", "œXudoning erdagi soyasi" deb bilsada, haqiqatdaesa Xorazimshohlar sulolasi ichdan emirilishga, tanazzullikka yuz tutgan edi. Buning ustiga Xorazimshohning xalifalik hududlarini qo’lga kiritish da`vosi bilan 1217 yilda Bag’dod sari qo’shin tortish ham xalifalikdagi hukumdorlarni qahru g’zabga keltirgandi. Shunday qilib Chingizxon va Xorazimshohlar o’rtasidagi jang yaqin edi. Chingizxon jang uchun qulay vaziyatni kutayotgan edi. Xuddi shunday qulay vaziyat 1218 yilda sodir b’ldi. Shu yili Chingizxon amri bilan Xorazim davlatiga 500 tuyada sovg’alar, tillo-kumush bisotlar, savdo mollari ortilgan, asosiy tarkibi musulmon savdogarlaridan iborat 450 kishilik karvon yuborildi. Biroq karvon O’trorga kelishi bilanoq, Xorazimshohning maxsus topshirig’ bilan O’tror hokimi uni yo’q qilishga buyruq berdi. Chingizxon uchn endi Movaraunnahrgabostirib kirish fursati etgan edi. Chingizxon qo’shini hujumi xavfi yaqinlashib kelayotganini Xorazimshoh va uning arkoni davlatiham yaxshi bilardi. Shoh mo’yan harbiy tayyorgarliklar ko’rish harakatida bo’ldi, biroq asosiy harbiy strategik masalalarda u o’ta no’noqlik, nodonlik va kaltabinlik qildi. U o’zining sarkarda o’g’li Jaloliddin, Xo’jand hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari etuk kishilarning harbiy kuchlarini asisiy nuqtalarda to’plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar berish kerakligi to’risidagi, to’g’ri, dono maslahatlarning ahamiyatini tushunmadi, ularga quloq solmadi. Sulton o’z qo’shinlarini turli shaharlarda alohida-alohida joylashtirishdan iborat xato taktikani qo’lladi.Chingizxonning son-sanoqsiz qo’shinlari mamlakatga boatirib kira boshlagach Xorazimshoh o’z tinchini, halovatini ko’zlab, mamlakat taqdirini o’z holiga tashlab, yaqin xeshu aqrabolari bilan janubga tomon siljishi ham xoinlik bo’ldi. Bunday holat tez orada butun mamlakat uchun fojiali oqibatlarga olib keldi, yurt himoyachilari taqdiri, ruhiyatida o’chmas, asoratli iz qoldirdi. Xaqning cog’lom, vatanparvar kuchlari yurt ulug’larining bunday ikkilanishiga, xiyonatiga qaramay , muqaddas ona zaminni ko’krak kerib himoya qilish, bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashga tashlandilar. Bunda Jaloliddin Manguberdi o’zining mardligi va jasurligi bilan tarixda o’chmas iz qoldirdi. U Chingizxonga qarshi juda ko’p bor urushlar olib bordi lekin ko’plab xoinlarning chiqishi natijasida Jaloliddin bu kurashlarda mag’lubiyatga uchradi. Uning jasurligiga hatto Cingixon ham qoil qolgan. Chingizxon bilan jang qilib jangda engilishiga ishongan Jalloliddin onasi, ayolina daryoga otadi va o’zi Amudaryodan oti bilan kechib daryoning nargi qirg’og’iga o’tib oladi va Chingizxoning qo’liga asir tushmaydi. Buni ko’rgan Chingizxon shunday degan ekan. "œBunday mard jasur insonlar bu dunyoga har yuz yilda bir marta keladi. U mardlikning dodini berdi va haqiqiy vatanparvar ekanligini isbotladi". Shu tariqa Jaloliddin manguberdi Chingizxon qo’lidan qutilib qoladi.