bu tortishuvlaga chek qoyish maqsadida savol yozishni ma'qul kordim.
hurmatli yigitlar hayotta har qanday voqea yuz berishi mm, 1 yigit uylanib hich qancha vaqt o'tmasdan og'ir hastalanib qoldila vafot etishlarini bilib zavjalariga mandan kn turmush qurmagin iltimos jannatda man san bn bolishni holiman agar boshqasi bn turmush qursen 2 chi er bn yahshashinga togri keladi dib etib ketibdila qiz hali yosh endi 19 yosh oiladagilarini gapiga konmayopti sila nima disila shunga?
savolni yahshi chuntiromagan bo'sam uzr so'riman hammadan
jvb ila uchun oldindan rahmat, shariatimizaga aloqasi bogan jvb yozasila digan umiddaman
Assalomu alaykum. Savolingiz uchun rahmat. Hohlaymizmi, yo'qmi, o'lim hammamizning boshimizda bor narsa. Ertami-kechmi, hammamiz bu omonat dunyoni tark etib dorul haqqa qovushamiz. Bu dunyoda yashash mantig'i unda o'tkazilgan umr bilan emas, balki shu berilgan umrdagi imkoniyatlardan qay darajada foydalanilganiga qarab belgilanadi. Shunday insonlar borki, qisqa muddatli hayotlari davomida olamshumul ishlarni bajarib ketganlar va Allohdan ajrini ziyodasi bilan oladilar.
Kishi o'limidan so'ng yo jannatga, yo do'zahga tushadi. Asosiy masala jannatga kiriladimi yoki do'zahga, ana shunda.
Odam o'lishidan oldin vasiyat qilish huquqiga ega. Er hech qachon o'limi oldidan ayoliga "Boshqasiga erga tegma..." deb vasiyat qilishga haqqi yo'q. Shunday vasiyat qilgan bo'lsa, bu vasiyatiga amal qilinmaydi. Chunki, turmush qurish ayolning haqi. Er o'lishi bilan, xotiniga nomahram hisoblanadi. (hatto jasadini yuvishi ham harom!)
Ayol kishining moddiy-ma'naviy ehtiyojlari bor. Hozirgi kunda ayol kishi o'z moddiy ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Ammo ma'naviy ehtiyoji qonmagani sayin, unda turli kasalliklar yuzaga kelishini hozirgi tibbiyot tasdiqlagan. Shuning uchun ular turmushga chiqishlari lozim.
Qaytaga, har xil bo'lmag'ur azadorlikni yig'ishtirib, darhol erga berish kerak
Adashmasam, Payg'ambarimiz ham, boshqa sahobalar ham eri o'lgan ayolga uylanish maqsadida ba'zi "ilmoqli" gaplarni ishlatishgani kitoblarimizda yozilgan.
Endi, er-xotinning jannatda birga bo'lish masalasiga kelsak. Eng avvalo har kim shu dunyoda jannatga kirishga vasila bo'ladigan amallarni bajarishi, do'zahga yetaklaydigan amallardan qochishi lozim.
Erkak kishiga jannatda o'z ayollaridan tashqari, odam ko'zi ko'rmagan hurlar beriladi deyilgan kitoblarimizda.
Ayol kishi ham o'z eri bilan bo'ladi. Ayol kishiga jannatda shunday husn beriladiki, hatto hurlar ularning oldilarida hech kim bo'lib qoladilar. Ya'ni Alloh taolo ayollarni erlariga shu darajada chiroyli qilib ko'rsatib qo'yadiki, erlar hurlarga qaramay ham qo'yadilar
Agar ayo bir nechta oila ko'rgan bo'lsachi? degan savolga olimlarimiz "Shu erlardan qaysi biri bilan qolish ixtiyorini Alloh taboraka va taolo ayolning o'ziga berib qo'yadi. U istagan eri bilan yashash ixtiyorini o'zi tanlaydi va o'sha bilan birga yashaydi" deb ayganlar. Zero Payg'ambar alayhissalotu vas salomdan naql qilingan hadisda binoan: "Kishi jannatda o'zi sevgan qavm bilan birga bo'ladi."