BESH KALIT SO’Z Ushbu risolada jamlangan
barcha g’oyalar kalit so’zlar
guruhlariga asoslanadi.
Shuning uchun kitobni
tushunish, uning mazmunidan
imkon qadar ko’proq foyda olish uchun kalit so’zlar
guruhlarini anglashimiz lozim. ASOSLAR Brinchidan , "œASOSLAR" degan
so’zni ko’rib chiqaylik. Men
"œasoslar"ni har qanday
yutuqqa erishish uchun
quriladigan tub tamoyillar deb
bilaman. Asoslar barcha eng asosiy va
muhim narsalar barpo
qiladigan ishning boshini,
asosini va haqiqiy holatni
tashkil qiladi. "œYangi asoslar" so’zlarida
mantiqiy kelishmovchilik bor.
Ya’ni , aytaylik, kimdir eng
qadimiy davr san’atining yangi
asarini yaratib , deyish bir
qadar shubhali bo’lardi, to’g’rimi? Asosiy tamoyillar
eng qadamiy davrlardan asrlar
osha bir xilligicha qoladi. Keling, "œasoslar" so’zini
"œmuvaffaqiyat tushunchasida
qo’llab ko’raylik. Agar siz
muvaffaqiyatning turg’un va
mustahkam poydevorda
qurilgan turiga intilsangiz u holda ekzotik qarorlardan
chetlab o’tishingiz lozim
bo’ladi. Bugungi kunda ,
ayniqsa, men yashayotgan
Kaliforniyada ko’plab ekzotik
qarorlar taklif qilinayotgani ham bor gap. Teskarisini gapirishsa ham,
muvaffaqiyat — bu oddiy
jarayon. Va u hech qachon
osmondan tushmaydi. Unda
hech qanday sehrli yoki
yashirin sir ham yo’q. Muvaffaqiyat — hayotda
yutuqqa erishishning asosiy
tamoyillarini ketma-ket
amalda qo’llashning tabiy
natijasidan o’zga narsa emas. Bu o’z navbatida baxt va
boylikka ham tegishlidir .
Muvaffaqiyatlarga erishishning
kaliti asosiy tamoyillaridan
ag’maslikdadir. YARIM DYUJINA ASOSIY KOMPONENTLAR Kunlaridan birida uctozim
Shoaff : "œJim, natijani 80
foizga ta’minlaydigan yarim
dyujina asosiy komponentlar
bor" , degan edi Yarim dyujina asosiy
komponentlar"¦- bu fikr
kalitidir. O’z sog’ligimizni
yaxshilash, boyligimizni
ko’paytirish, yutuqlarimizni
oshirish yoki shahsiy tadbirkorlik sifatimizni
yuksaltirish bo’yicha harakat
qilamiz, albatta. Gap shundaki,
ulkan muvaffaqiyatga erishish
va achchiq omadsizlik
orasidagi farq aynan ana shu yarim dyujina asosiy
komponentlarni aniqlash,
o’rganish va foydalanishda o’z
qobilatimiz darajasi bilan
aniqlanadi. Masalan, kuzda mo’l hosil olish
uchun fermer bor kuchini
yarim dyujina asosiy
komponentlarga yo’naltirishi
kerak : bular tuproq, urug’ ,
suv, quyosh nuri , o’g’it va qarash. Har bir component o’z
ornida juda muhim, chunki
ular birlikda hosilning
muvaffaqiyatini ta’minlaydilar. Shuning uchun har qanday
loyihani boshlash yoki yangi
maqsadni vazifa qilib
qo’yganda o’zimizga savol
berishimiz kerak:
daromadning katta farqini ta’minlaydigan yarim dyujina
komponentlar nimadan iborat? Insonning faoliyati qaysi
sohada bo’lmasin , ya’ni
tasviriy san’at yoki musiqa,
matematika yoki fizika , sport
yoki biznes, muvaffaqiyatni
ta’minlashda hal qiluvchi,rol o’ynovchi yarim dyujina
komponentlar mavjud. Ana shu oddiy haqiqatni
tushunish hamda qo’llash
sizning orzu va maqsadingizni
amalgam oshirish yo’lidagi
birinchi vazifangizdir. BOYLIK Ta’rif bermoqchi bo’lgan
ikkinchi kalit so’z bu — boylik.
Boylik — ziddiyatli so’z bo’lib ,
ongimizda turli xil obrazlar,
qarama- qarshi tushunchalar
uyg’otadi. Har kim boylikka o’z nuqtai nazari bilan qaraydi.
Kimgadir boylik uning istagini
ta’minlovchi pulga ega bo’lish ,
boshqa birovga esa qarzdan —
doimiy qarz majburiyatlaridan
ozod bo’lishdir, uchinchi kishi uchun boylik — o’sish
imkoniyati va
muvaffaqiyatlarga erishishni
bildiradi. Lekin bu farqlar ijodiy
yondoshishni boshlashning
vujudga kelishga olib boradi,
ijodiy yondoshish esa har
birimizga boylik va
ma’murlikka to’la hayot sari yo’l topishimizda yordam
beradi. Ko’pchilik kishilar bu haqda
o’ylab ko’pmaydilar ham, ular
uchun boylik, eng avvalo,
"œmillioner" tushunchasi bilan
bog’liq.Mana
hayajonlantiradigan so’z ! Bu tushuncha muvaffaqiyat,
erkinlik, kuch-qudrat,
qoniqish, imkoniyat,
bag’rikenglik, ta’sirni o’z ichiga oladi . Albatta millioner
bo’lish fikri yomon tasavvur
uyg’otmaydi. Bundan tashqari boylik so’zi
faqatgina iqtisodiy
tushunchagina
bildirmaydi.Tajriba boyligi ,
do’stlik boyligi, muhabbat
boyligi, oilaviy hayot boyligi yoki madaniy boylik to’g’risida
gapirish mumkin. Biroq biz
butun fikr — zikrimizni
moliyaviy arkinlikni
ta’minlovchi boylik so’ziga
jamlashimiz zarurki, bu boylik — barcha harakatlar va
tadbirkorlik faoliyati orqali
pul; va aksiyalarga
aylanishidir. Bunda har bir
kishi o’zini boy deb sezishi
uchun uning miqdoriy qiymati har xil bo’ladi. Ishonchim komilki,
hammaning asosiy maqsadi va
orzusi bitta — moliyaviy
bosimdan ozod bo’lish ,
tanlash erkinligiga va ijodiy
mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’lish va o’zgarlar bilan
bo’lishish. Siz uchun boylik nimani
bildiradi? Sizga qancha pul
kerakki, o’zingizni moliyaviy
erkin his qilasiz ? Bular quruq
savollar emas. Moddiy boylik
tushunchasini o’zingiz uchun qanchalik ravshan
aniqlasangiz, ushbu saytdagi
g’oyalar sizga shunchalik katta
foyda keltiradi.