Badiiy asar tuzlishi
Personaj — bu atama badiiy asarda ishtirok etuvchi hamma shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Ko’pincha asardagi epizodik obrazlar personajlar deb yuritiladi.
Obraz — keng ma’noda ijodkorning fikr — tuyg’ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatadi, tor ma’noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi. Obrazlar turli xil bo’ladi:
1.Realistik obrazlar — hayot haqiqatiga monand obrazlar.
2.Romantik obrazlar — hayotda aynan bo’lmagan, ammo bo’lishi orzu qilingan obraz.
3.Xayoliy — fantastik obrazlar — haddan tashqari bo’rttirilgan, ilohiylashtirilgan, mo’jizaviy xarakterga ega bo’lgan obrazlar.
4.Afsonaviy obrazlar — butunlay xayoliy bo’lib, ular bitmas — tuganmas kuch — qudratga , yuksak fazilatlarga ega bo’ladi.
5.Simvolik obrazlar — narsalar, o’zimliklar, jonivorlar, ranglar orqali ijtimoiy hodisalarni umumlashtiruvchi obrazlar.
6.Mifologik obrazlar — afsonalar asosida yaratilgan asotiriy obrazlar.
7.Satirik — yumoristik obrazlar kulgu bilan tasvirlangan obrazlar.
8.Bosh obrazlar — asar voqealari markazida turib, asar ziddiyatining hal etilishida yetakchi rol o’ynaydigan, syujet voqealarini harakatga keltiruvchi, yozuvchi g’oyasini ifodalaydigan obrazlar.
9.Ikkinchi darajali obrazlar — asar markazida turmasa ham, biror jihati bilan yozuvchi g’oyasini ifodalaydigan, uni to’ldirishga xizmat qiladigan obrazlar.
10.Epizodik obrazlar — voqealar zanjirida bir — ikki o’rindagina qatnashib, keyin tushib qoladigan obrazlar.