Mini turnerimiz yakuniga etdi. Turnerda 3 ta komanda ishtirok etdi. Ular:
forum.ziyouz.com
forum.islom.uz
forum.arbuz.com
Ziyochilar tarkibi:
Muhammad Amin
Obid Axmataliev
Zokir
Chustiy
Jo'rabek
O'yin ajoyib o'tdi. Birinchi safar bo'lsada Ziyochilar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Keyingi safar darvozobonimiz ham keladi degan umiddamiz. Islom.uz dan 2 bor, arbuz dan 2 bor g'alaba qozondik. Lekin shu bilan birga mag'lubiyaga ham uchradik. Xullas o'yin zo'r bo'ldi.
Man garchi o'yinga borgan bo'lsamda, lekin maydonda to'p surganim yo'q! Boisi, har uchchala komandaga (forumga) a'zo bo'lganim bois, qay biri uchun o'ynashni bilmadim, qolaversa, biri qolib ikkinchisiga o'ynasam, boshqalari ranjib qolishlari mumkin edi (bir marta shunday hol kuzatilgan)...
Man tinchgina chekkada o'yinga hakamlik qilib, uchchala komandagayam balet qip o'tirdim...
Lekin to'rtta o'yinchi bilan kelgan ziyouz jamoasini birinchi o'yini yomon emasdi... Agar, Akbar i yego komanda astoydil o'z ustida ishlab, jamoada hamma o'yinchilar yetarli bo'lsa oliy ligagayam da'vogarlik qilsa ajab emas...
ORIF akani yo'qliklarini bilintirmaslik uchun, garchi u kishidek profi bo'lmasakda tilponda (sifatsiz) bo'lsayam chirqilatib turishga harakat qildik...