Masalliqlar:1 litr tabiiy sut
1 qoshiq organik qatiq
0.5 qoshiq shakar
bir tutam tuz
Qatiq qanday ivitiladi:Avvalo sutingizni 5 daqiqa qadar qaynating, paketli sutlardan qatiq ivitib bo'lmaydi.
Qaynagan sutni ilishini kuting.
Orada bir qarab, sutning sovushini oldini oling.
Sutning ichiga kichkina barmog'ingizni solib, tekshirib ko'ring. Agar sut barmog'ingizni biroz kuydirsa, demak ivitishni vaqti kelibdi. Sut keragidan ortiqcha ilisa ivimaydi.
Bir piyolaga organiq qatiqni soling, ustiga tuz va shakarni solib, yaxshilab aralashtiring. Ichiga biroz sut solib, aralashtiring.
Sutni ichiga solib, oqliq hamma joyga bir xil tarqalguncha aralashtiring.
Atrofini qalinroq buyum bilan o'rnang. Yozda qalin o'rashingiz shartmas, qatiqni ko'p suvi chiqib ketadi.
Ustini elak yoki, teshikli bir idish bilan yoping.
Uning ustiga ham bir bez yoping, atrofini bostirib qo'ying.
3-4 soat o'tgandan keyin bir tekshirib ko'ring, ivigan qatiqni darrov muzlatgicha qo'yingki, suvi chiqmasin.
24 soatlardan keyin qatiqni ishlatishingiz mumkin.