Ey dilo, gul vaqtida gulzordin andisha qil,
Uzmagil behuda gul, gulkoridin andisha qil.
Kimki kirdi bu chamang'a, to gul uzmay qomadi,
Ore-ore, gul uzarsan, xoridin andisha qil.
Pashshakim, berdorlikdin ichti odam qonini,
Ba'zi-ba'zi mardumi bedordin andisha qil.
Rozi dilni aytmagil, har kimni san mahram bilib,
Oqil ersang, mahrami asroridin andisha qil.
Ganj topsang, zohir etma, tut nihon eldin oni,
Topsa shuhrat, zolimi badkordin andisha qil.
Ey Huvaydo, etmagil Majnundek sirringni fosh,
Aylasang xo'yi "analhaq", doridin andisha qil.