Behzodbek:
Assalomu alaykum,
Baxt bu nisbiy tushuncha. Uni hamma har xil tushunadi. Kim uchun asl baxt bo'lgan bir hayot tarzi boshqa bir inson uchun jahannamiy hayotning ayni o'zi bo'lishi mumkin. Ya'ni, baxt tushunchasiga baho berishda har bir inson o'z mentaliteti, madaniyati, milliy-diniy an'analaridan kelib chiqib javob beradi.
Masalan, bugun farovon hayotning oliy namunasi deb atalayotgan g'arbona hayotni men hech ham havas qilmayman. Chunki, bu hayot quruq tashqi hashamat va oxiri voy bo'lgan rasvo bir hayot asosiga qurilgandir.
Baxtliman deb aytishga, menimcha, bu dunyoda hech kimning haqqi yo'q. Chunki, haqiqatdan baxtlimi yoki yo'qmi, menimcha, bu savolga hech kim javob bera olmasa kerak. Haqiqiy baxt mo'min uchun oxiratda bo'ladi. Chunki oxirat hayotigina abadiy va barqaror hayotdir. Shuningdek, oxiratingizda sizni nimalar kutyapti, buni bilmasdan turib qanday qilib men baxtliman, deb ayta olasiz?!
Men pessimist emasman, men realistman.