Shamshir:
bolaligimda kop kasal bolganman, ota-onam ancha vaqt farzand kormaganliklari uchun erka qilib ostirishgan lekin juda ishimga pishiq bolgan ekanman, meni bolaligim boshqalrnikiga qaraganda kamroq bolgan.Faqat dadam bilan yurardim, nasib etsa rasmarni ham joylayman, 90 yillargacha faqat Kiyevda va Lelingradda yashaganmiz, ayam Jizzaxda qolardilar.Biz tel. qilib turardik. Bir kuni dadam quymoq pishirib beraman dedilar manga un olib kel dedilar man olib keldim. Quymoqni tayyorladik, biroz tindirdik qarasak qotib qolibdi dadam rosa kulgandilar ,,EEE ahmoqqinam albastir olib kelibsanku,, deb. ....Ayam bilan bilan bozorgabormasdim borsam qochib ketardim, bir safar Urgutga borgandik, zerikdimda ketdim borib daraxtni soyasida otirdim bir payt ayam yiglab kelib qoldilarku, qayerga ketib qolding deb, yarim kechasi picheniy yeydigan odatim bor edi faqat dadamni uygotardim dadam man uchun hama narsani qilardilar....Qishlogimiz ancha uzoqda 1 marta bir ozim 2 sinfda borib kelganman, hozir singlim 15 kirgan bolsa ham unga ruxsat berishmaydi.Dadamga oxshab o`ta rashkchi edim, bir kuni ayam kim bilandir gaplashayotib manga etibor bermagani uchun uydagi kyimlariga o`t qoyib yuborganman.Mehmon kutishda ayamga aql bolardim, pochcamlar kelishganda 6 yosh ekanman, rosa mehmon qilganman keyin ,,Anor yeshishni bilmaysizmi?dasturxonga tushirmang ayam urshadilar,, deganimda dadamga qarab ,,Poja bu bolangiz 6 yoshmi 60 yoshmi ?,, degandi....