Bolalik beg'uborlik! Afsuski biz o'sha qordan ham pokiza davrlarni bosib o'tib bo'ldik. Ortimizda shirin xotira bo'lib qolgan, qalbimizda o'chmas naqshlarda iz qoldirgan bolalik endi bizni manguga tark etdi. Jiyanlarimni ko'rganda beixtiyor yodimga tushadi. Ancha yuvosh edim, borligim bilinmas edi. Ammo o'yinqaroqligim ham yo'q emas edi. Ko'cha changitib to'p tepardik, o'shanda 6-8 yosh bo'lsam kerak. Har kuni shu ahvol, o'yin-kulgu... ! Bu ajib xush yillarni qanday tezlikda o'tkanini bilmay qoldim. Oqar daryodek, uchar shamoldek o'tib ketdi... ! Endi katta bo'ldik, hayotdagi yo'limizni o'zimiz belgilashimiz, yaxshi inson bo'lishimiz kerak. Oldinda bizni qanday sinovlar kutayotganidan bexabarmiz, ammo barchasiga tayyor turishimiz lozim. Beg'ubor bolalik biz uchun shiringina tarixga aylandi. Uni yuzimizda tabassum ila, ko'zlarda yosh ila, qalblarda xayajon ila eslar ekanmiz, uni bizga ato etkan Zotga shukur aytamiz!