Eski forumchilardan Dimon (Dilshod), Bonu, Nargiza85,Farzonochkalarni eslab o'tmasam bo'lmas. Forumning eski formatidagi eng faol va forum tamal toshini qo'yganlar,deb bemalol aytsam bo'ladi. Ular deyarli hammasi talaba edilar. Kim bilsin balki oilalik bo'lib, forum uchun vaqt masalasi chatoq bo'lib qolgandir. Kim bilsin yana... Farzonochka abiturient edilar. Talabalikka erisholdilarmi-yo'qmi mavxumligicha qoldi. Bonu Buyuk Britaniyadan kirardilar. Dimon - o'zimni kursdoshim. Adashmasam, Farg'onadan edilar. Nargiza85 esa Namangandan,talaba edilar. Tez-tez qo'msab turaman ularning shirin va samimiy suxbatlarini.