«Hayot» («Hayot») otlig‘ kitobda keltiribdurlarkim, vaqtiki, sha’bondan yarmi bo‘lsa, ramazongacha ro‘za tutmag‘ay. Ushbu jihatdan ramazondan ilgari nechand kun fosila (orani ajratish) -qilmoq mustahabdur. Agar vasl qilsa (qo‘shsa) mohi sha’bon, ro‘zasini ramazonga yetkurub tutmagay. Joizdurkim, rasuli akram s.a.v. bir martaba vasl qilib ro‘za tutubdurlar. Nechand marotaba, fosila (sha’bon oyi bilan ramazon oyining orasini farq) dilibdurlar va mohi sha’bondagi ro‘za tutmoqqa, sharifrog‘i, ayyomi bayzdur (ayyomi bayz deb, oyning o‘n uchi, o‘n to‘rti va o‘n beshinchi kunini ayturlar). Va hafta ichida sharifrog‘i dushanba, panjshanba va jum’adir. Kishikim, yilning hammasida ro‘za tutsa, sharif kunlarga jome’ bo‘lur. Ammo besh kun ro‘zasini sindurg‘aykim, ikki iyd kuni va qurbon xayitidan keyin uch kunkim, ayyomi tashriqdur (uch kun qurbonliq qilinadigan kunlar). Kishikim, yilning hammasida ro‘za tutmasa, bo‘lg‘aykim, bir kun ro‘za tutib, bir kun tutmag‘ay. Bu tariqa ro‘za tutmoq Dovud alayxissalomning ro‘zalaridurki, fazilati ziyodadur.
Xabarda kelibdurki, Abdulloh ibn Umar va Amr ibn Os so‘radilarkim, «Ro‘za tutmoqning fozilrog‘i qaysidur?" Rasuli akram s.a.v. aytdilarkim, «Bir kun tutib, bir kun yemak fozilrog‘dur». Abdulloh aytdikim, «Mundin fozilroqni xohlarman». Rasul alayhissalom aytdilar: «Bundan ortiqrog‘i yo‘qdur. Ammo pastrog‘i ulki dushanba (kuni) ro‘za tutmokdur».
Bas, kishikim, xaqiqat ro‘zasini tutubdur, o‘z holig‘a sarhisob berg‘aykim, ya’ni, ba’zi vaqtda iftor fozilroqdur va ba’zida ro‘za. Ushbu jihatdan rasuli akram s.a.v. ba’zi vaqtda ro‘za tutar edilar. Sahobalar aytur edilarki, mundan keyin aslo iftor qilmagaylar va ba’zi vaqtda ro‘za sindirar edilar. Aytur edilarki, mundan keyin ro‘za tutmaslar. Rasuli akram s.a.v.ning ro‘za tartiblari ma’lum emas.