8.4 Hisob so’zlari (numerativlar) haqida ma’lumot
Miqdor sonlar bilan qo’llanib, noaniq miqdor tushunchasini ifodalaydigan so’zlar hisob so’zlari (numerativlar) deb ataladi: besh so’m, o’n gram, yuz yil. Bunday so’zlar aslida ot turkumiga mansub bo’lib, o’z lug’aviy ma’nolariniqisman yo’qotgan holda noaniq miqdor ifodalaydigan bo’lib qolgan so’zlardir.
Hisob so’zlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1.Predmetlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan: dona, nusxa, tup, bosh, nafar;
2.Butunning qismini hisoblash uchun: parcha, varaq, burda, og’iz, luqma, siqim, tilim, chimdim, qultum, yutum, ho’plam, tomchi, chaqmoq, nimta, to’g’ram, poy, toqa, bo’lak, shingil;
3.To’dalab ko’rsatuvchi: gala, to’p, guruh, to’da, dasta, bog, quchoq, shoda, hovuch;
4.Juftlab ifodalovchi: juft, para;
5.Og’irlikni o’lchaydigan: gram, kilogram, sentner, tonna;
6.Uzunlik o’lchovini bildiradigan: millimeter, metr, kilometr, chaqirim;
7.Yosh o’lchovini bildiradigan: yashar, yoshlik, oylik, go’dak, o’smir;
8.Vaqt o’lchovini bildiradigan: soniya,"¦. Soat, kun, sutka, oy, hafta, oy, yil;
9.Qiymat o’lchovini bildiradigan: so’m, tiyin, tanga, miri;
Bulardan tashqari, quyidagi hisob so’zlari son va fe’l orasida kelib, harakat miqdorini bildiradi: marta, navbatda, karra, bor, hissa, sidra, daf’a.