Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)  ( 120113 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 23 B


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:05:40

Husayin o‘sha kun darsda, tanaffuslarda o‘yladi. Bir tarafda — onasi, ikkinchi tomonda — sinfdoshlari... Ich-ichidan onasini tan olmoqda edi, ammo uch yil birga o‘qigan sinfdoshlariga nima deydi?
Uchinchi darsni tugatishardi. Dars yakuniga o‘n besh daqiqacha bor. Eshik taqilladi, kutilmasdan ochildi. Oldinda maktab mudiri yordamchisi, izma-iz boshqa domla ichkari kirishdi. Dars o‘tayotgan o‘qituvchiga yaqinlashib, astagina bir-ikki so‘z shivirladi. O’qituvchi boshi bilan tasdiq ishorasi qildi. Mudir yordamchisi sinfga murojaat qildi: «Bolalar, turinglar!» So‘ng:
— Hamma qo‘lini boshiga ko‘ysin! — deb buyurdi. Tintuv o‘tkazishmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Husayin hayratlandi. Oqshom chekkan sinfdoshlarining illatlari ochilmoqda edi. Ko‘zining yoni bilan ularga qaradi. Ranglarida, tuslarida o‘zgarish, xayajon sezilmaydi. Balki yonlarida yo‘qdir deb o‘yladi. Ayni paytda o‘zi g‘oyatda hayajonda edi.
Tekshirish boshlandi. Uchalasi barobar izlashardi. Navbat chekadigan o‘rtog‘iga kelganda Husayinga bir narsa bo‘ladiganday yuragi tez urib ketdi, hayajonlandi. Haqiqatan uning orqa cho‘ntagidan tamaki qutisi olinib oldiga ko‘yilganda Husayin uyalib boshini egdi. O’rtog‘i-chi, uyaldimi? Aslo. Na uyaldi, na hayajonlandi. O’zini xuddi cho‘ntagidan qo‘rg‘oshin qalam yoki kundalik daftar topilgandek tutardi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:07:00

— Erto‘g‘on, bunima?
— Sigaret, janob.
— Yaxshi, bu holingdan hijolat chekmayapsanmi? Uyalmansanmi?
— Tamaki otamniki. Uyda unutib qoldiribdi, tushki dam olishda eltib bermoqchiman. Agar uyalish kerak bo‘lsa, otam uyalishi kerak.
Shu javob bilan ish bitdimi? Albatta, yo‘q. Tartib-intizom majlisida masala ko‘rilib, hal etiladi. Diqqatga sazovor jihati shuki, berilgan javob oldida Husayin qip-qizarib ketdi. O’rtog‘ida topilishi shart bo‘lgan to‘g‘rilik va hayo tuyg‘ularining yo‘qligi qizartirdi uni. Erto‘g‘on sigaret otasinikiligini aytganda, boshini burib qaradi. Parta ustida turgan tamaki qutisi kechagi, tungi xotiralarni uyg‘otdi. Tanaffusga chiqqanlarida Husayin unga yaqinlashdi:
— Nega sigaret otamniki deding, Erto‘g‘on?
Erto‘g‘on Husayinni esli-hushli ko‘rishni istaganday achinib qaradi.
— Go‘daksan, Husayin, — dedi va ketdi...

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:07:18

X

Izma-iz kelgan bu voqealar go‘yo til biriktirib, Husayinni onasidan uzr so‘ratish uchun sodir bo‘lganday. Erto‘g‘ondan to‘g‘ri gapirmaganining sababini so‘raganda bergan javobi yaraga sepilgan qalampir bo‘ldi. Husayin uni bugungacha yaxshi bilmagani, u va unga o‘xshaganlar bilan do‘st bo‘lgani uchun uyaldi. Bu do‘st Husayinni majlislarda uyaltirishi, axloqiy buzuq yo‘llarga yo‘llashi mumkin. Tutiladigan eng to‘g‘ri yo‘l — to‘g‘rilikdan qayrilganni to‘g‘ri yo‘lga keltirmoq... Hech qachon kim bilandir do‘stlashish majburiyat bo‘lmagan. U yoki bu kimsa bilan do‘stlashish, yoki do‘stlashmaslik tavsiya etilishi mumkin, xolos. Husayin ham Erto‘g‘on bilan do‘st bo‘lishga majbur emasdi, shuni anglagan holda uni tark etishga qaror qildi.
Erto‘g‘onning xatolari tufayli maktabdan haydalishi bu qarorning xato emasligiga dalil bo‘ldi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:07:37

* * *

O’sha kun tushdan keyin bog‘da suhbatlashayotgan do‘stlari yonidan o‘tarkan eshitilgan bir-ikki so‘z uni to‘xtab tinglashga majbur etdi. Ikki sinfdoshi baxslashar, besh-olti sinfdoshi tinglashardi. Yozma imtihonda nusxa (shpargalka)dan foydalanish to‘g‘risida so‘z borardi. Ikki do‘stining biri:
— Nusxa talabaning haqqidir, — derdi. Kim nima desa-desin, meni fikrimdan qaytarolmaydi. O’zlaringiz uddalay olmagach, tarbiyasizlikdan lof urasiz. «Pishak quyruqqa yetolmagach, «puf, sassiq» derkan», degan otalarimizning tiliga shakar. Eplasang, bu gaplarni aytib o‘tirmasding.
Ikkinchisi javob berdi:
— Bunday qilmasligimiz bu ishni noto‘g‘ri, chirkin bir harakat deb bilganimizdandir. Ha, biz bu ishni qilmaymiz. Chunki odobimiz, tarbiyamiz bunga yo‘l qo‘ymaydi. Uy-ingizda o‘tirib dars qilishga kuchingiz yetmaydi, sabr qilolmaysiz, yalqovlikka, ishlamasdan, charchamasdan dam olishni, ko‘ngil ochishni istagan nafsingizga hokim bo‘lolmaysiz, natijada haqqingiz bo‘lmagan nusxa ko‘chirishga, ya’ni noto‘g‘ri ishga qo‘l urasiz. Bu ishni ham talabaning zarurati, ehtiyoji deb qabul qilasiz. Extiyoj — ilm, zarurat — bilmoqdir. Qo‘shni do‘kondan molo‘marib olib, sotib pul topgan va yonidagi sinfdoshining bilimi bilan baho olgan ikki kishining orasida qanday farq bor?! Balki bir kun kelib ko‘shnining molini o‘g‘irlash yomonligi to‘risida millatga nasihat qilarsiz. Boshqasi gapga suqildi:

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:07:55

— Xo‘p, sen shu qadar to‘g‘rilik bilan nimaga erishding? Kecha jug‘rofnyadan to‘rt olgan zoti oliylari, o‘zlarimidi?!
— Olishim mumkin. Men uchun hiyla bilan o‘n olgandan, to‘g‘rilikcha to‘rt olish xayrlidir. Haqiqatan, qimor, o‘g‘irlik, riyokorlik bilan millionlar topmasdan to‘g‘rilik, peshona teri bilan ozroq pul topgan va yaxshiligiga ko‘ngli xotirjamligini dalil keltiruvchi qanchalab vijdonli odamlar bor.
— Ko‘zbo‘yamachilik qilma!
— Ko‘zbo‘yamachilik qilayotganim yo‘q. Ko‘zbo‘yamachilik dalil bo‘lmasligi aniq narsani dalil qilib ko‘rsatishdir, Men shunday qildimmi? Shunday dedimmi?
Ularning yuzlariga bir lahza tikilgach, davom etdi:
—Do‘stlar, o‘z bilimi bilan imtihondan o‘tishning shunday huzur va zavqi borki, bu halovatni ko‘chirmakashlar bilmaydi.
— Sen o‘zing hech nusxa ko‘chirganmisan? Nusxadan foydalanganmisan?
— Yo‘q.
— Unday bo‘lsa, sen ham buning zavqu hayajonini bilmaysan.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:09:29

— Men o‘sha zavqu hayajonni bilaman. Birovning molini o‘marayotgan, o‘marganini yeyayotgan o‘g‘ri shunday hayajonlanadi, aynan shunday zavqlanadi. Faqat bu zavqu hayajonni halol deb da’vo qilolmaysiz. Eshiting, misol keltirayin. Bir odam o‘g‘liga: «bugun bir lira topib keltir», debdi. O’g‘li «xo‘b bo‘ladi», deb onasidan olib, kechasi otasiga keltirib beribdi. Otasi pulni derazadan uloqtiribdi. «Ertaga yana keltir», debdi. O’g‘li ikkinchi kun yana onasidan olib keltirgan pulning uloqtirishini jimgina kuzatibdi. Keyingi kuni haligi kishi xotiniga pul bermaslikni tayinlabdi. Uchinchi kun mehnat qlib topishdan boshqa iloji qolmagan o‘g‘il, keltirgan pulini uloqtirmoqchi bo‘layotgan otasining bilagidan tutib:
— Nima qilyapsiz, ota? Men bu lira uchun oqshomgacha zahmat cheqdim, bundan xabaringiz bormi, —debdi.
Mening bu hikoyaga qo‘shimcham yo‘q. Har kim xohlaganini tushunsin. Istagan ma’nosini olsin. Tinglayotganlardan biri:
— Shunaqasi ham bo‘larkanmi? — deb e’tiroz qildi. Boshqasi chidab turolmadi.
— Bo‘lish-bo‘lmasligi senga aloqador emas. Hikoyadan chiqadigan hulosa senga aloqador. Odam peshona terinig to‘kmasdan mulkning qiymatini bilmaydi, mashaqqat bilan topganini qadrlaydi, degan xulosa chiqarish darkor.
Bu savol berilayotganda Husayin miyig‘ida kulib qo‘ydi, faqat bu istehzo, kamsitish, mazaxlash yoki kibrning belgisi emasdi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:09:48

Husayin so‘nggi darsda yozma nazorat ishini toshpirishi kerak. Bugungacha nusxaga havasmand bo‘lmagani sayin ba’zan esda saqlayolmasligini o‘ylab bir-ikki so‘zni partaga yengilgina qayd etib ko‘yar, bundan foydalangan paytlari ham bo‘lardi. Bu safar shu ishni qilmadi, bunga sabab bir soat avval tinglaganlarining ta’siri edi, Sigareti olingan, uning otasiniki ekanligani yuzi qizarmasdan ayta olgan Erto‘g‘on bu darsda nusxa ko‘chira turib qo‘lga tushishi ham Husayinda qatgiq, manfiy bir ta’sir qoldirdi. Oqshom uyiga kirar-kirmas onasining ko‘lini o‘pmoqni, uzr so‘ramoqni, o‘zining haqsizligini e’tirof etmoqni o‘ylardi. Uyiga shunday xayol va shunday niyat bilan bordi.
Qur’oni Karim oldida Allohning quli ekanini har hujayrasi, har zarrasi, bor vujudi bilan his etgan, tavozeli holda sokin va sassiz bir ado bilan o‘qiyotgan Fotimaxonim... Insoniyat uchun hidoyat bo‘lib kelgan bu kitobdan ufurgan nur, uning odobi bilan adablanmoqni eng buyuk maqsad deb bilgan bu xonimning yuzida aks etar, ifodasi imkonsiz, moddiy jihatdan qo‘l yetmas bir go‘zallik tajalliy etardi. Tasviri bir jumlada mushkul bo‘lsa-da, undagi bu hol — ko‘zi Kitobi Karimda, ko‘ngli samoda. Ya’ni ko‘zi Qur’onga, ko‘ngli bu sharafli kitobni yuborgan Allohga yo‘nalgan, bog‘langan. Bu shunday bir hol ediki, bu hol xuzurini faqat bir mo‘min butun borlig‘i bilan boqiyga bog‘lanib, foniyni unutib — dunyo mashg‘ulotini ko‘ngildan quvib o‘qigan namozida topishi mumkin.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:10:27

Husayin onasining tilovati tugaguncha kutdi. Uyga kirib, onasini farishta sifat qiyofada Qur’on o‘qiyotgan holda ko‘rishi yanada kuchliroq ta’sir qildi. Ertalab o‘zi ranjitgan onasini bu xolda ko‘rgan qo‘zlari yoshlandi.
Kitobi yopildi. Qo‘llar ko‘tarildi. Tilovat savobi muhtojlarga bag‘ishlandi. Kalomini o‘qiganga, hurmatlaganga buyuk mukofotlar va’da etgan Allohga chin dildan duolar qilinur. Shu onda uning yuzlariga boqqan kishi, soflik va poklikda huddi ikki tomchi yoshning odob va hayo bilan to‘liq yuzlardan sizib o‘tganini ko‘rgan bo‘lardi. Ammo ko‘rishning hojati yo‘q. Chunki u — Fotimaxonim ko‘rsinlar deb yig‘lamas, buni yig‘i ham deb bo‘lmasdi.
Qo‘llar yuzga suruldi. Kitobi Karimni ko‘tarish uchun uzalgan qo‘llar muallaq qoldi. Chunki o‘ng tarafdan uzatilgan bir juft ko‘l kitobni oldi va o‘rniga qo‘ydi. So‘ngra hanuz joynamoz ustida o‘tirgan Fotimaxonimning o‘ng qo‘lini olib bag‘riga bosdi. Hurmatu mehr bilan o‘pdi va peshonasiga surdi. Birozdan so‘ng uzrini aytdi:
— Ona, meni shu Kitobi Karim hurmati avf eting! So‘ng onasining oyoqlarini quchdi. To‘xtatmoqchi bo‘lgan ona, navbatdagi yolvorishni eshitdi:
— Onajon, ruxsat bering, bir bor yuzlarimni surayin! Ertalab onasiga isyon bilan qaragan yuz, Payg‘ambar ifodasi bilan ostida jannat bo‘lgan ona oyog‘iga surilmoqla yuklandi. Fotimaxonim o‘g‘lini turg‘azdi. Ko‘zlaridan o‘pib, bag‘riga bosdi:

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:11:46

— Charog‘im, to‘g‘ri, halol, pokiza insonlarga oshnolik qilsang deyman, bir dona Husayinimdan, gul yuzli bolamdan o‘sha zaqqumning hidi kelmasa deyman?!.
Husayin o‘sha kungi hodisalarni bir-bir naql etgach:
— Ona, so‘z beraman, hayotda yolg‘iz qolsam-da, meni haq yo‘ldan ayiradigan bilan do‘st bo‘lmayman. Sizning do‘stligingiz menga yetarli, —dedi.
Oradan ikki haftacha vaqt o‘tdi. Ko‘kda yer yuziga yengil va mayin yomg‘ir donalarini yullashga loyiq bulutlar paydo bo‘ldi. Quyosh goho ko‘rinib, atrofni ilitar, faqat bu orada o‘rtaga tushgan va quyosh nurlarini to‘sgan bir bulut fuqaroga sadaqa qabilida bir necha lahzalik yomg‘ir sevalar, so‘ngra shoshiladigan joyi yo‘q yo‘lovchiday og‘ir-vazmin uzoqlashardi.
O’sha kun bir necha do‘stlari bilan aylanishga chiqqan Husayin sekin-sekin kinoxonaga yaqinlashganlarini bilmay qoldi. Jo‘ralaridan birining:
— Bugun kinoga tushaylik, — degan taklifini hammalari tasdiqlashdi. Yoshlar— shunaqa. Ko‘pincha qilayotgan ishlarini oldin o‘ylab ko‘rishmaydi. Ular oldin xayollariga kelganini qiladilar, so‘ng o‘ylashni boshlaydilar. Lekin Husayinga ham aynan shunday ta’rif berish haqsizlik bo‘lardi. Chunki chipta olmasdan avval «kirsammi-kirmasammi», deb bir muddat taraddudlandi. So‘ngra bundan ham bir ibrat olarman deya chipta oldi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Oktyabr 2007, 04:12:18

Hali o‘n besh daqiqa bor. Har kim yonidagi bilan suhbatlashar, atrofdan kelgan ovozlar birlashib yuksalar, gaplar eshitilmas, shuning uchun yonidagi suhbatdoshga biroz ovozni ko'tarib gapirishga to‘g‘ri kelardi.
Husayin maktabga kelgan vaqtlarda kinoning nohush holatlariga unchalik tobu toqati yo‘q edi. Avval o‘zi bilan biron kitob olmaganiga ranjiganday bo‘ldi. O’n besh daqiqa o‘qidim, deb o‘yladi. Vaqtni behuda o‘tkazishni xushlamasdi. Masalan, muallim kelmagan bo‘sh darslarni o‘rtoqlari behuda o‘tkazsa, Husayin o‘qituvchi kelib qolsa, qanday javob beraman qabilida ish tutib, shunga asosan o‘qib-o‘rganib o‘tirardi.
Tan olish kerakki, uning bu xususiyatida o‘z qobiliyati bilan birga onasining ham katta hissasi bor. Maktabga borib kelarkan fursat bo‘lgan taqdirda xayolida darslarni tahlil qilishni, bu orada «Ixlos» surasini uch, «Fotiha» surasini bir karra o‘qib rahmatli xolasiga bag‘ishlashni odatlantirgan ham onasidir. Aytishlariga qaraganda Husayinga xolasining ko‘p mehnati singgan. Kichikligida onasidan ko‘proq xolasi qaragan. Ismi — Xayriya. Onasining ham xolasining ham ismi Xayriya deb ilk bor eshitganda g‘alati tasodif ekanini o‘ylagandi. Keyin onasidan so‘raganda, Fotimaxonim:


Qayd etilgan