Chilonjiydali choyChilonjiyda- unobi bo'lib, shu nomli dorivor daraxtning mevasi. U jumrutdoshlar oilasiga mansub,botanikaviy nomi
Ziziphus jujuba , asl vatani Xitoy, O'rta Osiyoga feodalizm davrida tarqalgan. Endilikda bog' va hovlilarimizda uning madaniylashtirilgan uch navi : " таксн-язао ", " да-бай-язао" va " у -сун - хун " o'stirilmoqda.
Ularning jaydari nomi ham bo'lib, " chilonjiyda" ( " ilon jiyda " ) , " annab", "unobi" , " chelon " , " chilon" , " jilan" deb yuritiladi. Mevasi yong'oq kattaligida, noksimon, olxo'risimon shakllarga ega. Yovvoyi navining mevasi maydaroq, zo'ldirsimon,gilos kattaligida. Barcha navlari- qizil po'stli, quruq, xamirsimon etli,mazasi shirin. Tarkibida organik javharlar,oqsillar, C va P darmondoriga serobligi jihatidan limondan 15 barovar ustun turadi.
Chilonjiyda choy unutilgan bo'lib, ba'zi tayyorlaydiganlar ham unobini sovuq suvli idishda qaynatib,og'zi ochiq idishda sovutishadi. Bu Xato. Aslida mevalar sovuq suvda chayiladi. Keyin yarim litrli choynakka 10-12 dona tashlab, kichkina qoshiqda oliy nav ko'k choy qo'shib,sharaqlab turgan qaynoq suv quyiladi,choynak sochiqqa o'ralib, 10-12 soat tindiriladi. So'ngra dokadan o'tkazilib,bir stakandan kuniga 3 mahal bir oy davomida ichiladi. Bo'rtgan mevalar ham har gal 3-4 donadan iste'mol qilinadi.
Xalq tabobatida chilonjiydadan tayyorlangan choy qon bosimi kasalida qo'llanilgan.
Ibn Sinoning yozishicha,
" ... Yaxshisi eng yirik,chiroyli va rangi qizilidir. U issiq va o'tkir qonga foyda qiladi. O'ylashimcha,bu uning qonni tozalashidan bo'lsa kerak... Unobining ko'krak va o'pkaga foydasi bor...
Bir guruh kishilarning aytishicha, u buyrak va qovuq og'rig'iga foyda qiladi"
( Ibn Sino. Tib qonunlari, 11-jild, 1956, 481-bet ).
XVIII asrda yashagan taniqli tabib Sayyid Muhammad Hasrat chilonjiydaning foydaliligiga atab maxsus she'r yozgan,unda aytilishicha : unobi o'pka,nafas yo'llari, qovuq uchun foydali bo'lib, qonni suyultiradi va ko'payib g'alayon qilsa,o'rniga tushiradi. Bu ne'mat yana jigar va buyrak og'rig'ini bosadi.