Assalomu alaykum!
Muxsiya opa, (otalik baxtiga muyassar qilsa, inshaalloh), farzandlarim xalqqa, el-yurtga foydasi tegadigan, halol kasb egasi bo'lishlarini istardim. Men uchun muhimi - o'sha kasbni chin dildan sevsa, u bilan zavqlana bilsa bo'lgani.
Balkim, boshqa kasb egasi bo'lishini hoxlab qolarman, lekin men tanlagan kasbda ko'ngli bo'lmasa, boshqalardan ko'proq pul topgani bilan, o'zi sevgan kasbda ishlaganichalik baxtiyor bo'lolmaydi... Bu hozircha mani shaxsiy fikrim...
Endi o'zimga kelsak, hozir tibbiyot akademiyasida o'qiyabman. Inshaalloh, yaxshi bir shifokor bo'larman, lekin bu bilan cheklanib qolmoqchi emasman. Bolalikda orzu qilgan stuiyamni ochib, u yerda ham o'zim suygan mashg'ulotim bilan band bo'lish istagidaman.