12. HAZRATI YA’QUB VA YUSUF ALAYHISSALOM
Hazrati Ya’qubning o‘n ikki o‘g‘ullari bor edi. Hammasindin Hazrati Yusufni ortuq suyar edilar. Hazrati Yusuf bir kun tush ko‘rub, atolarina "O’n bir yulduz, oftob ham oy manga sajda qildi", dedilar. Hazrati Ya’qub bildilarki, o‘n bir yulduz o‘n bir og‘alariga, oftob payg‘ambarliklariga, oy davlatlariga ishoratdur. "Yusuf, o‘g‘lum. Bu tushingni og‘alaringga aytma, dushman bo‘lurlar, Janobi Haq sanga payg‘ambarlik va zo‘r davlat berur", dedilar.
Og‘alari tushni eshitdilar. Hazrati Yusufga hasad qilub, ko‘rolmay, ba’zilari o‘ldurmoq, ba’zilari xoli yerga tashlamoq bo‘lub, oxirda qirga tashlarga qaror berdilar. Atolarindin "Yusufni ovga olib borurmiz", deb so‘rab, qirga olib borub bir quduqg‘a tashladilar, yo‘lda bir bo‘rini bo‘g‘uzlab, qoniga Haz-rati Yusufni ko‘ylaklarini bulg‘ab, atolarig‘a yolg‘ondin "Yusufni mollarimiz oldig‘a qo‘yub, ovga ketsak, bo‘ri yeb ketibdur", deb yig‘lashib keldilar. Hazrati Ya’qub sabr qildilar.
So‘ngra og‘alaridin birlari Hazrati Yusufga taom olib borsalar, Hazrati Yusufni karvonlar qudukdin chiqaribdur. Bu holni boshqalariga xabar berdi. Kelishib, Hazrati Yusufni "bu bizni qochurgan qulimiz", deb, karvonlarga oz bahoga sotdilar.
Hazrati Yusuf karvonlar bilan birla Misrga bordilar. Karvondin Misrning moliya vaziri Aziz sotib oldi. Farzandi yo‘q, o‘ziga o‘g‘il qilmoq bo‘lub, xotuni Zulayxoga "bu bolani ikrom qil", deb topshurdi.
Zulayxo Yusuf alayhissalomga oshiq bo‘ldi. Bir kun bir uyga olib kirub, eshiklarni berkitub, "Qani, tayyor bo‘lingiz", dedi. Hazrati Yusuf "Saqlan! Alloh zolimlarg‘a najot bermas", deb qochdilar. Zulayxo Hazrati Yusufni bo‘hton ila zindonga soldirdi.
Zindonda ikki kul bor edi. Biri podshohning sharbat-chisi, biri nonchisi erdi. Alar tush ko‘rdilar. Ta’birin Hazrati Yusufdin so‘rdilar. Hazrati Yusuf: "Biringiz qutilursiz, ikkinchingiz osilursiz", - dedilar. Aytganlaridek bo‘lub, biri qutildi, ikkinchisi osildi.
Hazrati Yusuf zindonda yetti yil qoldilar. Bir vaqt Misr podshohi tush ko‘rdi, ta’birchilar ta’birdin ojiz (b)o‘ldilar. Shul vaqt sharbatchining yodig‘a Yusuf alayhis-salom tushdi. Borub podshohning tushini so‘radi. Hazrati Yusuf "Misrda yetti yil to‘qlik, yetti yil ochlik bo‘lur", dedilar. Bu ta’birlarin podshohga kelub aytdi. Podshoh Hazrati Yusufni oldirub keldi. Bu sabab ila Hazrati Yusuf zindondin chiqub, podshoh ila so‘ylashdilar. Bu vaqt Aziz o‘lgan edi. Podshoh o‘rnig‘a Hazrati Yusufni vazir qilub, Zulayxoni nikohlab berdi.
Hazrati Yusufning ta’birlari to‘g‘ri keldi. To‘qlik yilinda amborlarni g‘allaga to‘ldurdilar. Ochlik yilinda har tarafdin galla olmak uchun odamlar kela boshladi. Kan’ondin ham Hazrati Yusufni o‘n og‘alari keldilar. Og‘alari Yusufni tanimadilar. Hazrati Yusuf og‘alarini tanidilar. "Qayerdin keldingiz, kimni o‘g‘lisiz, necha qarindoshsiz?" deb so‘radilar. Og‘alari: "Kan’ondin kelduk, Hazrati Ya’qub o‘g‘ullarimiz, o‘n ikki qarindosh eduk, birimiz qirda halok.bo‘ldi, birimiz atomiz yonlarida qoldi", dedilar. Hazrati Yusuf o‘zlarini bildirmasdin, e’zoz-ikrom ila g‘alla berub, Bin Yamin uchun ham g‘alla berdilar. "Ikkinchi kelishingizda qarindoshingizni kelturingizlar, bo‘lmasa, g‘alla bermasman", deb jo‘natdilar.
Ikkinchi kelishlarinda Bin Yaminni olib keldilar. Yusuf alayhissalom Bin Yaminni bir hiyla ila olub qoldilar. Og‘alari bu holni atolariga borub aytdilar. Atolari sabr qildilar. O’g‘ullarin yana Misrga yubordilar. Hazrati Yusuf o‘zlarin bu marotabada tonitub, ko‘ylaklarin berib yubordilar. Atolari judolik otashi birla ko‘r bo‘lg‘an muborak ko‘zlariga surtub edilar, ochildi. So‘ngra Misrga borub, Hazrati Yusuf ila o‘n yetti yil umr kechurub, vafot bo‘ldilar. Vasiyatlari uza Kan’ong‘a, atolari Ishoq alayhissalomning yonlarig‘a ko‘muldilar. Hazrati Yusuf atolarindin ellik to‘rt yildin so‘ngra bir yuz yigirma besh yoshlarinda vafot o‘lub, Misrda amonat qoldilar.