Forum.ziyouz.com - menga judayam qadrdon bo'lib qolgan forum.
Uch yildirki, shu forum bilan birgaman.
Forum menga nima berdi?
Ko'p narsani berdi. Ko'p narsani o'rgatdi!
Ilm oldim forumdan. Yaxshi, ikki dunyoda ham topilmaydigan muslima birodarlarimni topdim.
Alloh ulardan rozi bo'lsin!
Ko'p narsani o'rgatishdi ular.
Shuncha yildan beri ko'p forumlarga kirmoqchi bo'ldim, a'zo bo'ldim, mavzularini kuzatdim... Userlarning samimiyatini, qadrdonligini, bir-biriga munosabatini kuzatdim.
Yo'q, forum.ziyouz.com ga yetadigani, hatto biroz o'xshaydiganini topolmadim.
Sizni jon qulog'i bilan tinglaydigan, seni har doim qo'llab quvvatlab turadigan islomiy birodarlarni topolmadim...
Hammangizni hurmat qilaman, barchangizni Alloh uchun yaxshi ko'raman.
Omon bo'linglar!
Wassalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!