Ko‘k Turklari asiri (roman)
(http://www.ziyouz.com/images/books/turk.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=14)
Muallif: Nouman Smaylz
Hajmi: 409 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=14)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1195.0)
(http://ziyouz.com/rasmlar/books/turk.jpg)
Nouman Smaylz
KO'K TURKLARI ASIRI
Bismillahir rohmanir rohim!
Shuni aytishim kerakki... ma'zur tutgaysiz, buni inglizchada aytmasam bo‘lmaydi. Bilaman, mening inglizcham buzuq, jaydari, hashaki inglizcha, lekin dunyoninng yarmidan ko‘pi mana shunday inglizchada gaplashadi-ku, deya o‘zimni ovutaman. Nafsilamrini aytganda, men buni inglizchadan boshqa ko‘pgina tillarda yetarlicha go‘zal hikoya qilib berishim mumkin edi. Afsuski, bu borada ancha chegaralanganman. Shu kungacha men inglizchada «Men buni juda yaxshi ko‘raman» emas, «Men buni yaxshi juda ko‘raman» deb keldim. Sizga aytmoqchi bo‘lganim shuki, notiqlik yoki uslubning ahamiyati yo‘q men uchun. Qolaversa, til grammatikaga amal qilish emas, balki muomala vositasidir, shunday emasmi? Aytadilar-ku, aytsam tilim, aytmasam dilim kuyar, deb. Mana shu narsa meni hikoyani boshlashga ruhlantirdi. Va nihoyat inglizcha mening tasarrufimdagi yagona bir til ediki, uni atrofimdagi kishilar mutlaqo tushunmasdi...
Lekin boshqa bir sharh ham mavjud. Eng baland cho‘qqida atrofni tomosha qilib o‘tirarkanman, endi hech bir suiqasd yo fitnadan qo‘rqmagayman. Men bunda qo‘rquv va tashvish parcha-parcha qilib yuborgan jismini tark etgan jon kabi yagonaman. Balki ular o‘ldirishmas, balki shunchaki ishonch hosil qilishmoqchidirki, siz bir-biriga yelimlangan siniq oyna - havo qisqargan, quyosh ko‘zni qamashtiradigan darajada yorqin, osmon shundoqqina yelkangizda o‘tirgan yolg‘iz tog‘ning cho‘qqisida kutib turgan o‘zingizning egizingiz yo soyangiz, ruhingiz yo joningiz bilan qovushgaysiz. Chunki kunning so‘nggida Ko‘k Turklari bor, shunday emasmi?
Shu joyda hammasi tugaydi.
Nouman Smaylz, Hartfordshir»
Ingliz tilidan A'zam Obidov tarjimasi ©
www.ziyouz.com
2007