50 Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Kim Allohga na oxirat kuniga ishonsa, mehmonini ishlatlasin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, qarindoshlari bilan bog‘lansin. Kim Allohga va oxirat kuniga ishonsa, faqat yaxshi so‘zlarni so‘zlasin yo sukut qilsin" (Buxoriy, "Adab", 31, 85; Muslim, "Luqota», 14; "Iymon", 74, 75, 77).
"Shubhasiz, malaklar (mehmonlar uchun) dasturxon yozayotganingizda gunohlaringiz kechirilishini so‘rab duo qiladilar" (Suyutiy, "Al-Jome’ us-sog‘iyr", 2129-hadis).
51 Payg‘ambarimiz (s.a.v.) iltifot qildilar: "It va surat (but yoki tana surati) bor uyga malaklar kirmaydi" (Buxoriy, Bad ul-xolq", 17, 7; Abu Dovud, "Libos", 44-45; Termiziy, "Adab", 44; Nasoiy, "Tahorat"( 167; "Sayd", 19, 20; Muvatto, "Istizon", 6,
.
Malaklar Alloh taolo rozi bo‘ladigan joylarda bo‘ladi, norizo joyda bo‘lmaydi. Kotib malaklar insondan hech ham ayrilmaydilar. O’lim malaklari ham shunday. Kotib malaklar faqat, nomunosib joylarda (xalo kabi) insondan ayriladilar.
52 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Ona-otaga aziyat berganni Alloh taolo la’natlaydi" (Ahmad, 1/317).
Alloh taolo la’natlagan kimsani farishtalar ham la’natlaydilar. La’nat — uzoq bo‘lish, rahmatdan mahrum qilish demakdir. Malaklar rahmatdan mahrum bo‘lganning yoniga bormaydi.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Alloh jalla jalaluhu Qiyomat kuni uch toifa kimsaning yuziga boqmaydi: ona-otasiga osiy bo‘lganlarga, erkakka o‘xshagan ayollarga, oilasini (onasi, singlisi, ayoli va qizlarini) rashk qilmagan erkaklarga. Uch toifa jannatga kirmaydi: ona-otasiga osiy bo‘lganlar, ichkilikka berilganlar, minnat qiluvchilar" (Nasoiy, "Zakot», 69; "Ashriba", 46; Dorimiy, "Ashriba", 5; Ahmad, 2/69, 128).
53 Rasululloh (s.a.v.) iltifot qildilar: "Mehmon kutmagan (xohlamagan) kimsada yaxshilik yo‘qdir" (Ahmad, 4/155).
Malaklar yaxshilik yo‘q uyga kirmaydilar.
Alloh taolo mehmonni siylaganni siylaydi. Alloh taolo siylagan bandalari farishtali bo‘ladi. Kishining farishtali bo‘lishi undan Alloh jalla jalaluhu rozi bo‘lganining alomatidir.