Assalomu alaykum! Mana yana bir qiziqarli savol:
Buxoro o'z davrida Qubbatul-islom deb nom olgan paytlarda Bag'dod ham shu darajaga ko'tarilgan shaharlardan biri edi. Ammo ko'pchilik Buxoroda o'qishni afzal ko'rishib, ko'pgina talabalar shu shaharga oqib kela boshlashibdi. Buning sababini aniqlash maqsadida Bag'doddan ikki olim Buxoroga qarab yo'lga chiqishibdi. Ular chiqqan karvon shaharga kech tushganda yetib kelishibdi. Bu payt shahar darvozasi yopilib, saroyga hech kim kiritilmas ekan. Shu sababli ular tasgqaridagi karvonsaroylardan birida tunab qolishga majbur bo'lishibdi. Kechqurun qorin to'ydirish maqsadida nonvoyxonaga borishibdi. Qaeasalar, navbat juda uzun ekan. Ammo, nonvoy ularning musofir ekanligini bilib, navbatsiz ularni chaqirib, ikki nonni beribdi-da:
- Mana bu ikki nonni harom va makruhidan tozalab yenglar - debdi.
Nonni olib o'z hujralariga yo'l olishgan mehmonlar ushbu gap hikmatini uzoq o'ylashibdi, hatto tonggacha uxlamasdan muammoni yechimini izlashibdi, ammo topa olishmabdi. Ertalab tongda o'sha nonvoyning oldiga borib buning ma'nosini so'rashibdi.
Savol: nonvoy ularga nima deb javob bergan?