Bugun forumga shu mavzuni o'qish uchun kirdim, qanchalar sog'indim seni Vatanim. Oq'tivchim menga doim Vatan katta harf bilan yozilmaydi derdi. O'zbekiston bitta shuning uchun katta hatf bilan yoziladi, lekin Vatan unday emas derdi, lekin men bu xatoni 3-4 marta qildim, Vatan so'zini yozar ekanman, Vatan bittadir tushunchasi bor edi.
Bugun esa garchi Uning turdosh ot ekanligini bilsamda katta harf bilan yozdim. Nima bo'lganda ham bu mening jonajon yurtimni ifoda etmoqdaku.
Kecha xayolimga qo'mondon Mulla Alimqul keldi, shunday buyuk kishi haqida hech narsa bilmasligimni angladim, qaniydi tarixchi bo'lsam uning haqidagi barcha ma'lumotlarni to'plasam, eng zo'r yozuvchining qo'liga tutqazsam, eng zo'r tarixiy romanni yozsa, u eng zo'r rejisyor, eng filmga aylantirsa, Dunyoda William Wolosni besh bosadigan qo'mondonim haqida gapirsa, dou qilishsa, lekin na tarixchiman va na yurtimdaman. Ertalab ishga jo'nash uchun kiyinar ekanman, xoyolimga bu ishni farzandim qila olishi haqida fikr keldi, bu Vatanimning kelajak avloddan kutayotgan umidlari edi.