Ilm va ziyo > Intellekt

Eynshteyn topishmog'i

<< < (2/2)

Abdulholiq:
Manga 30 minut ketdi,lekin 4-uy yashil emasmi?
4-bandga ko'ra yashil uy oq uydan chapda joylashgan deb aytilgan.
Shunday ekan yashil uy oq uydan oldinda joylashgan bo'lishi lozim.

guli86:
baliqni daniyalik boqadi

Y_U_R_I_S_T:
Eynshteyn jumbog'ini javobi = nemis baliq boqadi.
Sharh:
1) sariq uy - norveg - Dunhill - suv - mushuk

2) havorang - daniyalik - Marlbaro - choy - ot

3) qizil - ingliz - Pal-Mall - sut - qush

4) yashil - nemis - Rothmans - kofe - BALIQ

5) oq - shved - Winfield - pivo - kuchuk

Buni qanday topganimni aytaman.
Birinchidan Norveg 1-uyda turishini bildim.
Keyin Norveg havorang uyni yonida yashashini bildim.
Demak, 2-uy havorang.
Bundan chiqdi yashil va oq uylar yonma-yon bo'lsa va qizil uyda ingliz yashasa, demak 1-uyning rangi sariq bo'lishi kelib chiqdi.
Sariq uyning egasi Dunhill chekishi aytilgan. 
Dunhillning yonida ot boquvchi yashaydi deyilgan.
Demak 2-uyda ot boquvchi turadi. shved kuchuk boqishini bilardi.
Shuning uchun 2- uyda Daniyalik turushi kelib chiqdi. (chunki ingliz va nemis bunga kirolmasdi)
Winfield pivo ichishini bilgaimdan keyin, yashil uyda yashamasligini bildim.
Chunki u kofe ichardi. O'rtadagi sut ichadi deyilgani shuni anglatdiki yashil va oq uylar o'rtaga tog'ri kelmas ekan.
Demak o'rtadagi uy qizil va unda ingliz yashaydi.
Xullas shunaqa qilib kelib chiqdi. Keyin oson yo'li segaretlarni tahlil qilib chiqdim. Bu ham ishimni osonlashtirdi.

Buni yechish uchun menga 22 daqiqayu 48 sekund vaqt ketdi.

Y_U_R_I_S_T:

--- Iqtibos: Abdulholiq  02 Iyul 2007, 22:25:32 ---Manga 30 minut ketdi,lekin 4-uy yashil emasmi?
4-bandga ko'ra yashil uy oq uydan chapda joylashgan deb aytilgan.
Shunday ekan yashil uy oq uydan oldinda joylashgan bo'lishi lozim.


--- End quote ---

To'g'ri 4-uy yashil bo'ladi. samo sal adashibdi

Navigation

[0] Message Index

[*] Previous page

Go to full version