Assalamu alaykum.
Kecha sizning bahonangizda bir-ikta ruscha forumlarni ko'rdim:)
Xodunok haqida hamma har xil fikr bildirgan.. ortoped va pediatr shifokorlar bolalarni xodunokka o'tqizishga umuman qarshi. Xatto bir ma'lumotni o'qib qoldim. Kanadada xodunok rasman taqiqlanganmish..
Ba'zi onalar o'z farzandlarini xodunokka o'tqizmas ekan. Sababini quyidagicha izohlashgan:
"xodunok bola umurtqa suyagi un zararli. bolani, to o'zi xohlamaguncha oyoqqa turgizish yoki o'rqizish mumkin emas...",
"bolaning tabiatida o'z vaqti-soati bilan emaklash va yurish nasibasi bor. agar biz bu rivojlanish jarayonini xodunokka yuklab qo'ysak, bolaning asosan aqliy rivojlanishi sekinlashadi..",
"xodunokda yurish, bolaning oyoqlariga tushadigan o'g'irlikni noto'g'ri taqsimlaydi. Oqibatda bola, yoki oyoq uchida yurishga odatlanadi (ya'ni to'g'ri qadam tashlashni o'rganishi qiyinlashadi), yoki yassioyoqlik defektini orttirib oladi.."
lekin: "yurishga harakati boshlanayotgan bolaga xodunok asqotadi, agar xodunokda o'tirish vaqti me'yorda bo'lsa..", deb fikr bildirgan onalar ham bor ekan.
shaxsan o'zim xodunok haqida aniq bir to'xtamga kelomadim... manimcha, xodunok boladan ko'ra onaga ko'proq foydali. ya'ni qulaylik jihatidan..
masalan, uydagi ishlarini yoki shaxsiy hojatlarini bexavotir bajarib olish uchun...