206-bob Mehmon ovqat yeb bo‘lganidan keyin mezbonni duo qilishi haqida
587/1. Abdulloh ibn Busrdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam otamning huzuriga kelganlarida, biz bu zotga taom va suti bor mesh ko‘yganimizda, undan tanovul qildilar. So‘ngra xurmo keltirildi. Undan ham yeb, danagini o‘rta va ko‘rsatkich barmokdariga jamlab turib uloqtirib yubordilar. So‘ngra ichimlik keltirilganida, undan ham ichdilar. Ichib bo‘lib, o‘ng tomonlariga uzatdilar. Shunda otam u zotning ulovlari yuganidan ushlab turib: «Ey Rasululloh, bizni duo qiling», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma borik lahum fiyma rozaqtahum vag‘fir lahum varhamhum», deb aytdilar». (Ma’nosi: «Allohim, ularga rizq qilib bergan narsangni barakali qil, ularning gunohlarini kechir, rahm ayla».) Imom Muslim rivoyatlari.