She'riyatga bahs aralashdimi, menimcha bu she'riyat bo'lishdan chiqadi. Ko'proq siyosat yoki falsafa bilan shug'ullanadigan insonlar bahsni yaxshi ko'rishadi...
Chunki she'riyat, to'g'rirog'i she'r yoza olish ilohiy bir ne'matdir (tabiiyki she'rning mavzulari "insonlarni yo'ldan chiqaradigan" bo'lmaslik sharti bilan)...
She'riyatda---bahri-bayt bo'ladi.
- Avvalo sizdan olaylik Mavlono....
- Yo'q, yo'q sizdan bo'lsin, Azizim'lar bilan boshlanib,
- Tasanno
- Borakallo'lar
bilan tugagan mavzu bo'lishi niyyati bilan, shoirlarimizga omadlar tilab qolaman
She'riyat bo'stonida baxslani ko'rmagan bo'seyz sizga hali aaaaancha bor ekan... Maqib adashib yuribsiz bu gulshan ichra....
Chota Abdulaziz indamiydi, tinchliymikan? Yo qalami o'tkirla bilan baxslashishni holamyoptimikanla.
A.alaykum
ARBUZCHİ aka, yaxshimisiz? Sizni butun postlaringiz bahsdan iborat ekan-ku o'zi, alohida mavzu ochmasangiz ham bo'lar ekan:)
Meni hech kimga "aql o'rtagataman", degan niyyatim yo'q. Qolaversa siz mendan kattasiz.
Shunchaki, forumda osoyishtalik bo'lsin, degan niyyatda yozgandim yuqoridagi gaplarimni.
Avvalo Alloh bizlarga:
KO'ZQO'LAQL-İDROKİNTERNETVAQTELEKTRO-ENERGİYAO'ZBEK TİLİDA GAPLASHA VA YOZA OLİSH'day bir tala imkoniyat bergan ekan, nima uchun butun bu ne'matlarni bahs-munozara uchun sarf etishimiz kerak. Eng yomon tarafi bu bahslarni bizlarga bir haf keltirishidan siz qanchalik aminsiz?
Dunyoda biz Musulmon va O'zbeklar uchun foyda keltiradigan shunaqangi bahs-munozara mavzulari bor-ki asti qo'yaverasiz.
Madomiki, bahsga shunchalar o'chsiz, marhamat, Musulmonlar, O'rta Osiyo Xalqlariga tosh otayotgan qancha qancha saytlarga tashrif buyuring, bizlar ham bag'oayat xursand bo'lar edik, voy akamizga qarang, bizni shon-sharafimiz uchun qanchalar "kurashyabdilar" deb...
Men bir inson sifatida tortishishni yomon ko'raman. Bu tur bahslardan keyin afsus faqatgina ko'ngillarda hazinlik qoladi. Mayli yuqorida aytganimday bahri-bayt bo'lsin. Lekin odobi bilan, chiroyi bilan.
Postlaringizni o'qidim-da, Bugungi kun mulohazalari bo'lsin, Futbol bilan aloqador mavzu bo'lsin, forumdagi a'zolarga gap otib ulguribsiz.
Men masalan, Ziyouzga dam olgani, O'zbek tilida to'yib toy'ib gaplasgani kiraman.
Dilimni xira qiladigan hech narsa hohlamayman.
Sizdan ham iltimos, bir Musulmon, bir Millat odamiday bir-birimizga shirin-shirin gaplar bilan yozaylik, akaginam...
Hamma a'zolarni yuragi bor, lekin unutmang, ZİYOUZ'ni ham yuragi bor, agar bir-birimiz bilan har hil noo'rin gaplar bilan yozishar ekanmiz, bu yurak kasal bo'lib qolishi hech gap emas....
Bunday go'zal saytni bizga ochgan AbdulAziz'ni ham o'ylaylik, oson emas, uzodan turib boshqarish...Alloh bu forum uchun foydali ish qilayotgan barchadan rozi bo'lsin....
Kuch ayriliqda emas, BİRLİKDADİR....