661/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh! Kishi birodari yoki do‘stiga yo‘liqsa, bosh egadimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Uziga yaqinlashtirib o‘padimi?» deganida, «Yo‘q», dedilar. «Qo‘lidan ushlab so‘rashadimi?» deganida, «Ha», deb javob qildilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyatlari.
Fasl: Bilingki, yo‘likqanda qo‘l berib so‘rashish sunnat amaldir.