XOTINLARning haqlarini hurmat qilinglar, men bu xususda Allohdan qo‘rqishinglarni tavsiya etaman. Xotinlarning haqqi masalasida Allohdan qo‘rqinglar! Zero, ular sizning yordamchilaringiz va sizning madadingizga muhtojdirlar. Ular SIZGA OLLOHNING OMONATIDIRLAR. Allohning roziligi bilan ularning har narsasi sizlarga halod qilindi.
Yana Alloh Rasuli (s.a.v.) buyurdilar:
— Qaysi erkak xotinining qiliqlariga chidasa va sabr qilsa, Alloh unga, Ayyub alayhissalomning balolarga sabri natijasida bergan ajrini ato etadi.
— Qaysi xotin erining injiqliklariga chidasa va sabr qilsa, Alloh unga Fir’avnning xotini Osiyoga bergan savobidan ato etadi.
Xotin bilan yaxshi yashash, faqatgina unga azob bermas-likdan iborat emas. Undan keladigan har qanaqa azoblarga chidash, u achchiqlanganda unga muloyim muomala qilishi ham lozim. Masalan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning xotinlari ba’zan gap qaytarib, unga qo‘pol muomalada bo‘lishardi. Rasululloh (s.a.v.) bunday paytlarda ularga o‘zlarini bosib, yaxshi so‘zlar aytib muloyim muomala qilardilar. Bir kun Hz. Umarning xotini gap qaytarib, yomon muomala qilganda, Hz. Umar unga: «Menga gap qaytarib, qo‘pollik qilishga uyalmaysanmi?» dedi. Xotini: «Rasululloh (s.a.v.) sendan yaxshiroq bo‘lgani holda, uning xotinlari (bizning qizimiz Hafsa ham) unga bemalol gap qaytarishadi!» deya javob berdi. Hz. Umar esa shunday dedi:
- Agar Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga gap qaytarayotgan bo‘lsa, Hafsa xato qilibdi.
Keyinchalik Hz. Umar Payg‘ambar (s.a.v.)ga gap qaytarayotgani uchun qizi Hafsaga tanbeh berib, shunday degandi:
— Sen Abu Bakrning qizi (Oysha)ga qarab, unga taqlid qilib, Payg‘ambarga gap qaytarma. U Rasululloh (s.a.v.)ning sevgilisi, bildingmi?