Men sal tushunmero turibmanda AbdulAziz aka siz mailimga jo'natasiz skaner qilib ya'ni JPG formatda keyin men uni nima qilaman yozib chiqib sizga jo'natamanmi yoki saytga joylemanmi?
Iltimos shuni tushuntirvorsez Alloh rozi bo'lsin .
Va alaykum assalom!
Bu yerda ikki-uch xil jarayon ketmoqda:
1. Kitoblarni men skaner qilaman. Ba'zi kitoblar skaner qilingan holicha, biroz ishlov berilib, rasm holatida PDF fayl qilib saytga joylanyapti.
2. Skaner qilingan kitoblarni Fine Readerdan o'tkazib, matn holiga keltiraman. Ba'zi istagan yuzerlar ushbu matnni tahrir qilish, ya'ni skaner qilingandan keyingi xatolarni tuzatisb, tartiblash ishida yordam berishadi.
3. Yuzerlar jo'natgan va o'zim tahrir qilingan kitoblarni esa, men so'nggi tekshiruvdan o'tkazib, saytga beraman. Forumda ham ushbu kitob matni to'lig'icha e'lon qilinadi.
4. Yuqorida aytganim, (ba'zi yuzerlar tahrir qilib berishadi, lekin ularning forumga joylashga vaqtlari yo'q) tayyor kitoblarni ma'lum qoida asosida forumga joylanadi.