uztermbek;Otdosh yaxshi mavzu ochganlar. Ruxsatlaringiz bilan, bu borada o'z fikrlarimni bildirib o'tsam.
Bir americalik mashhur qo`shiqchi aytgan ekan: "Mendan doim shu hamma narsaga ulgiysan, vaqt yetadimi, vaqt topiladimi, deb so`rashadi. Men esa ularga men dam olishni, uxlashni kamaytiraman, deb javob beraman".
Ha, bunday tinib-tinchimas insonlar oramizda bor... qo'shiqchilardan, mana, masalan, Yulduz Usmonova ham shunday-ku? Lekin hammaning ham bu narsa qo'lidan kelavermaydi, bunday quvvat manbai Yaratgan tomonidan beriladi, menga o'xshaganlar har qancha shu narsaga intilmasin, baribir o'z holatiga aylanib qaytib kelaveradi...
Insonning yoshiga yosh, muammosiga muammo, tashvishiga tashvish qo`shilar ekan VAQTning qadriga tobora yetib borarkan. Aslida esa biz o`zimizning ozgina vaqtimizni ham befoyda narsalarga sarflab yuboramiz.
Evoh, bu haqiqat...
Balki bizdagi vaqtning qadrsizligi dangasaligimizdandir?
O'zimga kelsak, 'ha' deyman. Lekin, odamlar har xil. Shunday kishilar borki, qarab turib hayron qolasan, kishi... Tasavvur qiling, bir inson ish payti, kun davomida deyarli hamma xodimlar bilan bafurja gaplashib olishga ham, telefonda allakimlar bilan chaqchaqlashishga ham, tushdan keyin maza qilib 1-2 soat uxlab olishga ham, ish bo'yicha asosiy vazifalarini ham bajarishga ulguradi! Aytaylik, kechqurun soat 9-10 gacha qolib bo'lsa ham, har holda hammasiga ulguradi.
Vaqtni togri taqsimlash kere. Mani oldin biladiganlardan sorasangiz etishadi, oldin man har kunimni rejalashtirib olardim, har bir soatim planlangan bolardi, oqish ish uy hammasi oz vaqtida edi, manimcha shu reja bilan ish qilish kop foyda beradi
Ha, time-management degan tushuncha bor, shunday seminar to'g'ri kelib qolsa, qatnshgan bo'lardim... bu narsa hammaga kerak.
-------
Darvoqe, "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasining oxirgi sonida ayni shu mavzuda juda zo'r maqola e'lon qilingan, o'qib chiqishni tavsiya qilaman.
-------
Reja Optimal tuziladi
soniyani ham hisobga olib
shuni 50% bajarsangiz siz BAHTLI hjisoblayvering ozingizni
Qiziq fikr... Mening ham rejalarim vaqti kelib juda 'osmondan kelib' tuzilganga o'xshab qoladi, real voqelik beshafqat...
Talaba bo'lganingizdan keyin esa vaqtiz ko'proq bo'ladi.
Talaba bo'lgim kelyapti yana...
O'zimning bo'sh vaqtimga kelsak... nolimayman, bunday paytlar hozircha menda bor, asosan ishdan bo'sh mahal, albatta. Ko'pchilik kabi kitob mutolaa qilaman (keyingi paytda ko'proq o'zbek adabiyotidan), Internetda ham anchagina vaqtim o'tib ketadi (yangilik saytlari, forumlar, umuman muloqot...), musiqa eshitaman (faqat naushnikda) yoki TV tomosha qilaman (ba'zida juda uzoq qolib ketaman shu qutining qarshisida). Musiqa bilan shug'ullanish kabi diltortar mashg'ulotlar bor edi, endi ular ortda qolib ketdi. Lekin mening nazarimda eng maroqlisi - ishdan kelgandan so'ng divanda yaxshilab joylashib olib, yangi gazetalarni mutoala qilishdir! Ana shunisi zo'r, lekin. Endi, bularning har qaysisini o'z kayfiyatimga mos ravishda tanlayman. Ana shunaqa.