Assalamu alaykum.
Oxirgi vaqtlar o'qigan maqollarim ichida shulari judayam yoqdi:
Kimdir sizni bir marta aldasa,ayb unda. Ikkinchi marta aldansangiz ayb sizdadir.
( Rumin maqoli)
Kichik g'amlar gapiradilar,katta dardlar tilsizdir.
(Niger maqoli)
Aprel yomg'iri,may gulini ochirar.
(Kanada maqoli)
Birinchi rafiqani senga Xudo,ikkinchisini insonlar,uchinchisini shayton jo'natadi.
(Yapon maqoli)
Boshqalardan ustun bo'lishimiz muhim emas. Asl muhim bo'lgan narsa, kechagi holimizdan ustunligimizdir.
( Hind maqoli)