forum.ziyouz.com
Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Robiya 15 Dekabr 2007, 16:28:17
-
"Nima qiyindir?" - so'radilar Xilondan. "Sir saqlash; bo'sh vaqtni suiiste'mol qilmaslik; nohaq gap eshitmoq", - deb javob berdi u.
Hurmatli userlar, sizlar bu savolga qanday javob berasiz?
-
Assalamu alaykum.
Ajoyib mavzu uchun tashakkur.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
"Nima qiyin?"
Xudbin kishi bilan suhbatlashish;
Ko'nglingni og'ritishganini unutish;
Do'st xiyonatiga ko'nikish;
Va eng qiyini Farzand tarbiyasi.
PS: Hozircha shu.
-
"Nima qiyindir?" - so'radilar Xilondan. "Sir saqlash; bo'sh vaqtni suiiste'mol qilmaslik; nohaq gap eshitmoq", - deb javob berdi u.
Hurmatli userlar, sizlar bu savolga qanday javob berasiz?
Nafsga yengilmay yashash eng qiyini.
Ofarin.Juda to'g'ri aytilibdi
-
Diydor va Munira opajonlarni gaplariga 100% qo'shilaman.
Yana, QALBGA BERILGAN OZORDAN QOLGAN JAROHATNI O'RNINI BITISHI JUDA QIYIN...
-
Xiyonatni kechirish qiyin.
-
Offtop qilmasdan post qoldirish qiyin :(
-
Alloh yo'lida Birodar tutungan insonlarni qilgan hiyonati qalbizga xanjar bo'lib sanchilgandegi og'riq juda qiyin!
-
bilmagan narsangiz qiyin
chorasizlik qiyin
sabr qiyin
-
bilmagan narsangiz qiyin
chorasizlik qiyin
sabr qiyin
Bilmagan narsangiz o'rgangandan so'nga oson
Chorasiz ish chora topgach oson
Sabr - chidash tugab meva bergach oson :)
-
Hayotingizni bir bo'lagi bo'lib qolgan, qalbingizga yaqin bo'lgan birodaringizni olis safarga kuzatish qiyin...
Sog'inch a'zobi juda qiyin...
-
Sog'inch a'zobi juda qiyin...
Juda to'g'ri...:(
-
Hammaning ko'ngliga birdek yo'l topish qiyin
-
Hammaning ko'ngliga birdek yo'l topish qiyin
Hammaning ko'ngliga yo'l topishning zarurati ham yo'q. Chunki hammaga do'st bo'lgan kishi hech kimga do'st emas.
Eng qiyini o'zini kechirish bo'lsa kerak.
-
Nima qiyin???
Hayotda bir insonga bor haqiqatni etganizda sizzi tushunmasligi qiyin
-
Аима қийин ? ? ? Ҳаётда ҳар қандай ҳолатлар бслиши мумкин, инсон иложи борича барига чидаши керак, лекин айрим туйғулар борки, уларга чидаш нақадар қийин. Бунга ҳар ким ҳар қандай мисол келтириши мумкин, уларнинг аксаристи сса сз бошларидан стган ҳолатлардир.
-
Хозир энг кийин булган иш : Соф иймонни ушлаш кийин. "Уммат учун шундай даврлар келадики, иймонни ушлаб туришлик,чугни ушлаб туришлик билан баробар" маъносидаги хадис. Уша даврлар келди. Узингиз уйлаб куринг бир кунда канча инсонни дилини огритамиз, канчасига хужакурсинга муомала киламиз, яна канчасининг оркасидан гийбат киламиз ...
-
May zo’rlik qiladi yoshu qariga,
Mard bo’lsang,sura ol uni nariga.
"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦..
manimcha juratsizligimiz hamda ojizligimiz qiyin
-
doimo yoningizda do'stlaringiz ,ahlingiz,lekin yana bir narsa qiyin Qabrda yolg'iz qolishingiz,
keyin" Bilmayman"deyish ham qiyin .jahilni tiyish bu narsalarning yechimi nafsni yengish qiyin ....
-
Musibatlarga sabr qilish qiyin,sobira bo'lishlik hissi doim biz bilan bo'lsada,qiyin bo'lmagan holatlar ham qiyin tuyulaveradi,chunki bizda sabr yo'q.
-
Alloh uchun kimnidir sevib. Songra esa undan ajrab qolish juda qiyin. Albatda bu mani fikrim.
-
Assalamu alaykum
Insonlarni tushunish juda qiyin...
-
Assalom alaykum! to'g'ri eng qiyini inson bir birini tushunishi qiyin ekan.
-
Nahotki insonlar bir-birlarini tushunishlari shunchalik qiyin bo'lsa :'( Balki bu insonlarning xudbin bo'lganliklari uchundir...
-
Bunday insonlar ko'p aziz birodar, Bazida o'ylaymiz bu do'stim, akam, ukam, singlim yoki bo'lmasa opam mani tushunmayapti deb hafa ham bo'lib qolamiz, aslida esa biz ularni tushunmayotganimiz. Azizlar, inson bir birini juda qiyin tushunadi bunga balkim kunlar, haftalar, oylar, yillar kerakdur, lekin tushunib yetganimizda kech bo'lmasmikan. Keling azizlar harakat qilaylik bir birimizni tushunishga. Alloh yordam bersin
-
:bs2: :as:
MANI FIKRIMCHA, INSONLAR BIR-BIRLARINI TUSHUNISHLARIDAN KO'RA, O'ZLARINI TUSHUNISHLARI,OZ VAZIFALARINI ANIQ BILIB OLISHLARI MUHUMROQ,YA'NI HAMMA O'Z VAZIFASINI BIRO'VLARNING HOHSHIGA EMAS,ALLOHNING BUYRUG'I,UNI RIZOLIGI YO'LIDA BAJARSA,SHUDA ALLOHNI O'ZI INSONLARNI O'RTALARINI ISLOH QILIB QO'YADI.DEMAK, INSONLAR BIR BIRLAINI ANLASHLARI EMAS,ALLOHNI ANGLASHLARI MUHUM!!!
ENG QIYINI ESA NARIGIDUNYOGA BORGANDA ... JAVOB BERISH QIYIN!!!
HOZIRGI QIYIN HOLAT ESA INSONLAR BIR BIRIGA YAHSHILIKNI RAVO KO'RADILARU, LEKIN ASLI YAHSHILIK NIMADA EKANLIGINI BILMAYDILAR. MISOL:BOLA YIG'LAB ILIM ISTASA , UNI OVUTMOQ UCUN NON BERISHGANI YOKI ERTAK ETISHGANI SINGARI...
:as:
[вложение удалено Администратором]
-
Ey ummati Muhammad, sizlar odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo'ldingiz.Zero,sizlar yaxshi amalga buyurasiz,isyon-gunohdan qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz.
Ol-i-imron surasi,110-oyat.
Alloh barchamizni mo'min va mo'minalar qatoridan qilsin.
-
:as: Hayotda nafsni yengmoq! qiyin to'g'ri ba'zida biz nafsimizni yengdik deb o'ylaymiz lekin ba'zida shu nafsga qul ham bo'lib qolganimizni sezmay ham qolamiz...
-
Qiyin qiyin desak ko'p narsa qiyin ekan :) :)
-
Shayton yo'lidan yurmaslik va nafsga tobe bo'lmaslik qiyin
Bunday holatda Allohdan yordam so'ramoq lozim :)
-
Bunday holatda Allohdan yordam so'ramoq lozim :)
Assalamu alaykum wr wb!
Har qanaqa holatda Allohdan yordam so`rash lozim.Rasullulloh s.a.v ham oldingi va keyingi barcha gunohlari kechirilgan bo`lishiga qaramay 1 kunda 70 marta tavba qilganlar.
Musulmon uchun bu hayoti dunyo sinovdan iborat.Boylikda ham,kambag`allikda ham,sog`likda ham,kasallikda ham va har qanday holatda Allohdan yordam so`rashi lozim.
-
Assalomu alaykum! Ko'pchilik birodarlardan eshitaman mehnat qilib halol pul topish juda qiyin deyishadi. Ha, ularning gaplariga qo'shilaman haqiqatdan ham halol pul topish oxirgi paytlari judayam qiyin bo'ldi. Ammo eng qiyini halol pulni qay maqsadda ( yo'lda ) sariflash deb o'ylayman
-
:as:
Allohning farzini bila turib, uni qila olmaslik, vijdon azobing qiyinligi...
-
Qiyin bu--yo'qotilgan obro'ni qayta tilash!
Qiyin bu-- sinovlardan adashmasdan iymon va taqvo bilan o'tib olish!
Qiyin bu....to'g'risi bundey o'ylab qaralsa, qiyin ishlar juda ko'p!
-
:as:
Inson o'zligini yo'qotib ,bilib turib inkor qilib yashash qiyin .
-
Ateizm, komunizm girdobida g'arq bo'layotganlarga, juda oson narsalarni tushuntirish qiyin.
Ularning kibrining va ilmining qurboni bo'layotganini ko'rish qiyin.
-
Yaqinlaringni tobora do'zax jari sari ketayotganini ko'rib,
qo'lingdan xech narsa kelmayotganini bilib,
indamay turish ham juda qiyin!
-
:bsm:
Assalomu alaykum!
Dunyodagi hozirgi kunda eng qiyini gunoh qilishdan saqlanish bo'lsa kerak. lekin Allohning o'zizi madad bera bundan ham qutilish mumkin
-
Bu yarim yalang'ochlar dastidan, ko'cha-ko'ylarda yurish ham ancha qiyin bo'lib qoldi!
-
Ҳозирги кунимизда оддий ҳақиқатларни ксра била туриб, уларга ксз юмиб порлоқ келажак мана олдимизда турибдику деб сзини сзи ишонтириш менимча қийин бслса керак?!
-
:as:
nima qiyinligini aytish qiyin. Alloh oson qilsa hamma narsa oson, agar Alloh xohlasa xatto juda oson ko'ringan nafas olish ham ilojsiz bo'lib qoladi!