Foydali maslahatlar  ( 202716 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 B


yoqutxon  26 Sentyabr 2010, 08:54:00

Hilolaxonni iltimoslariga ko'ra lavlagi bilan bog'liq o'zim bilgan ayrim maslahatlar: Lavlagi A,B,C,B9,PP vitaminlari, yod, kalsiy, magniy minerallariga boy bo'lgani uchun uni ovqat hazm qilishni yahshilash, immunitetni ko'tarish uchun istemol qilish kerak.

Qayd etilgan


yoqutxon  26 Sentyabr 2010, 08:59:35

Lavlagi sokiga albatta suv qo'shib iching. Bunda 1(suv). : 2(lavlagi) nisbatta aralashtiring.  Suv aralashtirilmagan lavlagi soki oshqozonga zarar yetkazishi mumkin.

Qayd etilgan


yoqutxon  26 Sentyabr 2010, 09:03:18

Sok tayyor bo'lgandan so'ng 2 soatga muzlatkich yoki salqin joyda turganidan so'ng istemol qiling. Chunki 2 soat ichida lavlagi sokidagi zararli moddalar chiqib ketadi.

Qayd etilgan


_IYMONA_  26 Sentyabr 2010, 09:18:46

Lavlagi kamqonlikda eng zo'r dori! Lavlagini ustini archib, bo'laklab qaynatasiz (1,5-2 soat) pishishiga yaqin turshak, novvot solasiz. Pishgan lavlagi qirg'ichdan chiqarib elakdan o'tkaziladi. Sokini har kuni 5-6 marta ichilsa inshaAlloh tezda kamqonlik ketadi. Buni ko'p qilib turamiz.

Qayd etilgan


BelleQizcha  27 Sentyabr 2010, 01:23:41

Tashakurlar lavlagi sizlardan juda minnador bo'ladi bu gaplaringizni eshitib.. rehmet rehmet

Chehmik haddan oshish moddasidayam Sh harpi bor, lekin bu modani tez-tez istimol qilmasliklarni so'rab qolamiza.

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Sentyabr 2010, 03:46:37

Lavlagi bilan bog'liq yana bir ajoyib maslahat esimga tushib qoldi. Bilamizki lavlagi pishishi ko'p vaqt oladigan mahsulotlardan. Uni pishishini tezlashtirish uchun unga  mix qoqib qo'ysangiz bo'ladi.Bu maslahatni adashmasam Zakovat ko'rsatuvida eshitgandim.


Qayd etilgan


yoqutxon  27 Sentyabr 2010, 03:47:25

Oyoq kiyimlarga qarashda turli hil oyoq kiyim uchun mo'ljallangan kremlarni kamroq ishlatishni maslahat beraman.Krem ishlatsangiz uni ko'p surtmang chunki bundan so'ng oyoq kiyimda yog'li dog'lar paydo bo'lishi mumkin uni ketkazish esa biroz qiyinroq .Shuning uchun  oyoq kiyimlarni kechqurun nam latta bilan yahshilab artib chiqishga odatlaning.

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Sentyabr 2010, 03:48:04

Agar sizda kumushdan bo'lgan idishlarmi yoki uzukingiz  biroz rangini yo'qotib qorayib qolgan bo'lsa uni 10%li nashatir spirtiga solib oling. Qora dog'lardan bir necha daqiqadan so'ng asar ham qolmaydi. Keyin uni sovuq suvda yuvib , yahshilab quritib qo'yish ham esingizdan chiqmasin.


Qayd etilgan


yoqutxon  27 Sentyabr 2010, 03:50:31

Pishloqni uncha katta bo'lmagan yopiq idishga solib uning yoniga oq qand bo'lagini solib qo'ying. Ikki hafta o'tsa ham pishloq ta'mi o'zgarmaydi.

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Sentyabr 2010, 03:52:06

Shim dazmollashga oid ayrim maslahatlar:
- Shimni dazmollashdan aval uni cho'tka yordamida tozalash lozim.
- Agar shimning tizza qismi cho'zilib qolgan bo'lsa, birinchi navbatta shu yerini dazmollang. Shimga nam matoni qo'yib, quriguncha ushlab turing ammo  qo'yib yubormang.
So'ng shimning ichki va tashqi tomonini tekislab, ho'l mato yordamida qattiq bosib dazmol qiling.
- Shimdagi yaltiroq izlarni yo'qotish uchun sirkali suvda ( 1 stakan suvga 1 qoshiq sirka) matoni ho'llab so'ng dazmollang.
- Shimning chizig'i siz hohlagandek chiqishi uchun uning ichki qismiga quruq sovun surting , so'ng odatdagidek dazmol qiling.



Qayd etilgan