Mahdiyah
Assalamu alaykum.forum.ziyouz.com - 2006-2009 ayni qizigan, qiziqarli postlarga to'la, mulohazalarga boy davr edi.Oxirgi payt eski postlarni, "eskilarni" postlarini ko'p o'qiman.Ayniqsa 2008 yil 2009 yillardagilarni.O'zim ham kunimni shu forum bn o'tkazardim o'sha paytlar. Lekin har bir narsani avji bo'lganidek tushishi ham bo'larkan.Lekin InshaAlloh bu tushish yanagi bundanda foydali, qiziqarli AVJ olishga sabab bo'lsin.Eskilarni eslab o'sha damlarni sog'indim: mutaallimah, Imlaah, saltanat, Muslima.bgm, Muni xonim (ko'p ko'rishib gaplashib tursakda forumdagi o'rnilari bilinadi albatta), Munavvara, Hadija, Muzayyana, lolo, Robiya, Muslima, Muhseena, G_u_l_i, siddiqa, Zamiraxon, Afifaxon, Kumushbibi, Feruzabegim, Maknuna, Laylo, mis_shoira, Rukhiya, Shahina, Nodi, Fatima, Odila, Odina, Afifa, Nozli, Mahzunabonu, Muslima_subh, BelleQizcha, Kapalak, Salmoni Forsiy, ZUBAYR, shoir, Musannif Adham, Y_U_R_I_S_T, AbdurRohman, ChehMik, Titan_UZ, Mr.Twister, Huseyn, Abdulhafiz, Ziyovuddin, Foniy, UzMuslim, Habib, Abu Muso, Abu Muslim, Muhammad Amin, Muhammadiy, UmmatY-MuhammadY, Abdusalom, ЖАМШИДЖОА, IXLOS, Umar ibn Abdulaziz, Chusty, Abdul_Malik, Murod_bek, Doniyor, Jalol Ahmad, Margilanets, MSJON, Ikboljohn, Shoxjahon12, Muhyiddin, Hanafiy, gayrat17, Gareeb, Мухаммад Сохиб, muhibb, Muhyiddin, JaviK, Muallim, Usmon, Ulug'bek75, Shokir63, Hassan, registan..................... Bu userlarning ayrimlari hali hamon forumga ora-chorada kirib 1-2 post qldirishadi lekin aksariyati oilali bo'lib, kimdur bola chaqa tashvishi bilan, yana kimdur o'qish, ish bilan, yana kimdur boshqa sabab bo'lib forumdan yiroqlashdi...Vaqti kelib farzandlarimiz shu forumga kirishar... shu forumda foydali postlar qoldirishar... balkiO'shanda man palonchini o'g'li bo'laman man palonchini qizmiman deyishar Hammasini vaqt ko'rsatadi...
Assalomu Alaykum.
Anchadan beri forumga kirmayotgan edim. Biron narsa yozmaganimga esa 6 oydan oshdi...
Mahdiyahning eslatgan davrlari haqiqatdan ajoyib damlar edi. O'sha davrda bizda, Internetga kunda-shunda kirib turadiganlarda aynan forumlarga qiziqish, undagi muhokama-munozaralarda ishtirok etish odat edi. Buni qoldirilgan fikr-mulohazalardan yaqqol ko'rish mumkin...
Keyin vaqt o'tib forumdagi faollik va unda ishtirok etishga bo'lgan qiziqish susaya boshladi. Bu menimcha 2011 yillarga to'g'ri keldi. Ko'pchilikda, shaxsan o'zimda kuzatganim bir holat - ijtimoiylashuv paydo bo'ldi. Ya'ni Facebook, Twitter, Google+, Odnoklassniki kabi ijtimoiy tarmoqlar forumlar o'rnini siqib chiqara boshladi.
Buning qanday yuz berayotganini kuzatish men uchun ancha qiziq kechyapti. Hali "Forumlar o'ldi", degan xulosaga kelganim yo'q. Lekin borgan sari e'tibordan qolib ketayotgani aniq... Har holda Internetning asosiy foydalanuvchilari bo'lgan yoshlar hozirda forumlarga deyarli kirmaydi. Hatto aksariyati forum degan joy borligidan ham bexabar...
Umid bor - hali bir kun kelib yana forumlar jonlanar... Yana oldingidek o'zimizni qiziqtirgan mavzular bo'yicha shu yerda fikr-mulohazalarimizni o'rtoqlasharmiz... Munozaralarda qatnasharmiz...
Hozircha esa el qatori ijtimoiy tarmoqlarda "rizqimizni terib yuribmiz".
Salomat bo'linglar!