Bino qurilishida jabroil alayhissalom tosh kesdi, farishtalar yordam berib, tosh yo‘nishdi, Ismoil toshlarni tashidi. Jabroil alayhissalom toshni kesgach, farmon Bilan ismoil alayhissalomni tosh ustiga qo‘yardi. Tosh esa yo‘rg‘a otdek Ibrohim alayhissalom oldiga yelardi. Qaysi bir tosh yirik yoki yaroqsiz bo‘lsa, Ibrohim alayhissalomning qo‘liga tushgach, marmardek bejirim bo‘lib qolardi. To‘rt burchakka to‘rt kalima aytib tosh qo‘ydi: avvalida "Subhanollohi" dedi, ikkinchisida "Valhamda lillahi" dedi, uchinchisida "Va laa ilaaha illalohu" dedi, to‘rtinchisida "Ollohu akbar" dedi.
Payg‘ambar alayhissalom dedilarki: "Ikki kalima bor, tilga yengilu, ammo Olloh qoshida tarozida og‘ir. Ular shuki, "Subhanollohi va bihamdihi" va "Subhanollohil aziym". Mol-dunyoning ortishi oxirat ulushining kamayishidir, mol-dunyoning kamayishi esa oxirat ulushining ortishidir".
Savol: Tilga yengillik nima-yu, taroziga og‘irlik qanday bo‘lar?
Javob: Dunyoning holi oxirat ahvoliga tenglashga olmas. Bu Dune og‘irligi oxiratning yengilligi va bu dunyoning yengilligi oxiratning og‘irligi deyishdan murod shuki, bu dunyoda tasbehu tahlil bilan ko‘z ochib yumguncha Arshga yetmoqlik - tilning yengilligidir. Dunyoning og‘irligi qadamga berilgandir. Negaki, kun bo‘yi yo‘l yursan ham ikki yig‘ochdan ortiq masofani bosib o‘tolmaslik - qadam, bu Dune og‘irligidir. Ammo til yordami Bilan ishlar to‘g‘ri bo‘lar, shu bois qadam og‘irligini tilga, til yengilligini qadamga berarlar. Oqibatda ko‘z ochib yumguncha fursat ichida uch ming yillik yo‘l bo‘lgan Sirot ko‘prigidan o‘tdilar. Qadam og‘irligi tilga berilganini shundan bilish mumkin: mo‘min kishining toat-ibodatini tarozining bir pallasiga, gunohlarini ikkinchi pallasiga qo‘ylar, gunohlari og‘ir kelar. Shunda yetti qavat osmon va yetti qavat yerni ham bir pallaga qo‘yilsa, gunohlar Yana og‘ir kelar.